Yuridik şaxslar haydovçilarining malaka oşiriş tartibi
Barça yuridik şaxslarning haydovçilari malaka oşirişi şart emas
Deputat Rasul Kuşerbayev bugun öz Telegram kanalida qiziq bir maʼlumot qoldirdi.
Uning aytişiça, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning (MJtK) 135-moddasiga özgariş kiritiş haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda körib çiqilgan.
Loyihaga köra, uşbu moddaga «yölovçi yoki yuk taşiş faoliyatini amalga oşiruvçi haydovçining malaka oşirişdan ötganligi töğrisidagi sertifikati» bölmasa EKIH 1 baravari miqdorida jarimaga tortilişi haqidagi özgariş kiritilişi mumkin.
Özi gap nima haqida ketmoqda?
Yodingizda bölsa, 2017-yil 4-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilar 2 yilda bir marta «Avtotest Report» MÇJda malaka oşirişi va maxsus sertifikat olişi kerakligi belgilandi.
Uşbu qaror keng jamoatçilikda keskin norozilik uyğotdi. Heç qanday asos keltirmasdan, lobbizm suvi bilan qondirilgan bunday qaror xalqda norozilik uyğotişi aniq edi-da.
Uzoq muhokamalardan keyin 2018-yil 23-fevraldagi VM qarori bilan uşbu qarorga özgariş kiritildi. 2 yilda bir marotaba malaka oşiriş talabi öz kuçida qoldi, faqat aynan Avtotestda öqiş şart emasligi, kerakli talablarga javob beradigan boşqa avtomaktablarda ham bemalol öqiş mumkinligi belgilandi. Bir qaraşda, monopoliya bekor qilindi.
Talab bor, jarima yöq
04.09.2017dagi VM qarorida 2018-yilning 1-iyulidan boşlab yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boşqarayotgan şaxslar (haydovçilar)ga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni joriy etişni nazarda tutadigan qonun loyihasi işlab çiqiş belgilangan edi. Lekin mana oradan 17 oy ötgan bölsada, bugungi kungaça bunday qonun qabul qilinmadi (ammo bu safargi keçikişga juda ijobiy qarayman, sira eʼtirozim yöq). Deputatning sözlaridan kelib çiqsak, uşbu loyiha Oliy Majlisda endi körib çiqilyapti.
Bu nima degani? Demak, VM qarori böyiça malaka oşiriş şart, lekin malaka oşirmaganlarga heç qanday jazo yöq (hozirça).
Yaʼni yöl harakati xavfsizligi inspektori (GAI) yuridik şaxs haydovçilaridan sertifikat söramaydi. Söragani bilan baribir befoyda. “Menda sertifikat yöq” desa ham heç narsa qilolmaydi.
Qanday özgariş kutilmoqda?
Agar MJtKga deputat Rasul Kuşerbayev aytganiday özgariş kiritilsa, yaʼni malaka oşirmaganligi uçun faqat yölovçi yoki yuk taşiş faoliyatini amalga oşiruvçi haydovçilarga jarima belgilansa, bu öz-özidan qolgan yuridik şaxslar malaka oşirişga majbur emasligini anglatadi.
«Vazirlar Mahkamasi qarorida «mulkçilik şaklidan qatʼi nazar» deb yozilganku, demak, hamma öqişi şart emasmi», deyişingiz mumkin. Mayli, yozilsa yozilaversin. Asosiysi bu qilmişga jarima yöqmi, tamom, malaka oşirmaslik heç qanday huquqiy oqibatni keltirib çiqarmaydi. Vazirlar Mahkamasi qarori qonundan ustun böla olmaydi. Qörqmasangiz ham böladi.
Köramiz, voqealar rivoji qanday tus olarkin. Deputatlarimiz oxirigaça «turib bera» olişiga umid qilamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
