Respublika maxsus komissiyasining yangi karantin çoralari
❗️RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASINING AXBOROTI
👉 Respublika çegara hududlaridagi mavjud çegara ötkaziş punktlari 23-mart kuni soat 00:01-dan boşlab barça şaxslar uçun (Özbekiston Respublikasi hududidan çiqib ketayotgan boşqa mamlakat fuqarolaridan taşqari) yopiladi;
👉 23-martdan boşlab Toşkent şahridagi barça korxona va muassasalar (mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar) asosiy iş faoliyatiga taʼsir etmagan holda işçi va xodimlarni qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga çiqaradi, qolgan işçilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) taşkil etadi;
👉 Xodim va işçilar öz iş joyida şaxsiy himoya vositalari (niqob)da bölişi talab etiladi, şuningdek karantin çoralarini buzganlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda intizomiy çoralar qöllaniladi;
👉 Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23-martdan jamoat joylarida şaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bölgan şaxslarga “ogohlantiriş” beriladi;
👉 25-mart kuni soat 6:00-dan boşlab uşbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari (223 ming söm) miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bölsa – bazaviy hisoblaş miqdorining uç barobari (669 ming söm) miqdorida jarima qöllaniladi.
👉 @xushnudbek 👈

