Xorijdan öqişni köçiriş uçun tölov muddati belgilandi
⚡️ Xorijiy davlatlardan öqişni köçiriş böyiça ariza topşirganlar diqqatiga!
Ariza topşirgan talabgorlarning maʼlumotlari Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tekşirilib, belgilangan talablarga töğri kelganlari “qabul qilindi”, töğri kelmaganlari esa “rad etildi”. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
❇️ Belgilangan talablarga töğri kelmaganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qabul qiliş yakunlangandan söng ham qayta ariza yuborişlari uçun qöşimça imkoniyat berildi.
🔖 Xorijdan öqişni köçiriş böyiça arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida iştirok etiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (122.500 söm) miqdorida tölovni amalga oşiriş uçun invoys şakllantirildi.
❗️Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali şaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olişlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron tölov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14-avgustga qadar tölovni amalga oşirişlari mumkin.
‼️Test sinovlari uçun tölovni belgilangan muddatda amalga oşirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlariga qöyilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
