Öqişni köçiriş böyiça test sinovlari sanasi eʼlon qilindi

Matn21-avgust, 2021, 15:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Öqişni köçirişga oid test sinovlari 23-25-avgust kunlari böladi

Bu haqda DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.

Tez orada DTM sayti orqali ruxsatnomani köçirib oliş mumkin böladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qaçon test topşirişi yozilgan böladi.

Testlar butun respublika böylab ötkaziladi, kim qaysi hududda test topşirişni tanlagan bölsa, öşa yerda topşiradi.

Öqişni köçirişda talaba özi tanlagan yönalişga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topşiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek