Test sinovlari yakunlari böyiça ayrim maʼlumotlar
Test sinovlari haqidagi ayrim maʼlumotlar eʼlon qilindi
✅ Testda iştirok etişi belgilangan 948 ming 211 nafar abituriyentlarning 892 ming 242 nafari yoki 94,1% imtihonlarda iştirok etgan.
❌ 55 969 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlarida qatnaşmagan.
Jami 563 nafar abituriyent test sinovidan çetlatilgan. Şundan:
➖ 328 nafari test sinovi jarayonida;
➖ 235 nafari hududga kirişda tartib-qoidani buzganligi sababli.
❗️Test natijalariga köra 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball töplaşga muvaffaq böldi.
✅ Eng köp maksimal ball olgan abituriyentlar:
➖ Toşkent davlat yuridik universiteti – 22 nafar;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 13 nafar;
➖ Özbekiston davlat jahon tillari universiteti – 11 nafar.
- 👍 1



