O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Matn13-noyabr, 2020, 19:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yana öqişni köçiriş böyiça: nafaqat tibbiyot, boşqa yönalişlar uçun ham yangilik bor

Bugun soğliqni saqlaş tizimida belgilangan minimal 100 ballni töplay olmagan talabalarga ham öqişini köçirişga ruxsat berilganini aytgandik. Batafsil mana bu yerda.

Şuningdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan boşqa yönalişlar uçun ham yangilik belgilandi.

Unga köra, öqişni köçiriş uçun ötkazilgan onlayn test sinovlari natijalariga köra, tizimida OTMlari bölgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan quyi ballni töplay olmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan talabalarning öqişini ularning arizalariga muvofiq – Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi OTMlarning test topşirilgan fanlar majmuasi va undagi fanlar ketma-ketligi bir xil bölgan (2020/2021 öquv yili qabuliga muvofiq) bakalavriat taʼlim yönalişlariga köçirişga ruxsat berildi.

Bu nima degani?

Misol uçun, Adliya vazirligi tizimiga kiradigan Toşkent davlat yuridik universitetga öqişni köçirişda minimal ball 100 ball qilib belgilangan. 100 balldan kam töplaganlarga öqişni köçirişga ruxsat berilmadi. Endi yangi qaror bilan 56,7 balldan köp, ammo 100 balldan kam töplaganlarga ham imkoniyat berilmoqda.

Endi öşa talabalar Oliy va örta maxsus tizimiga kiradigan boşqa OTMlarga öqişini köçirişlari mumkin. Bunda fanlar ketma-ketligi bir xil bölgan yönalişlarga ruxsat beriladi. Hozirgi misolimizda, aytaylik Qoraqalpoq davlat universitetining Yurisprudensiya yönalişiga köçirişlari mumkin.

Qayerga ariza topşiriş kerak?

Bunda, talabgorlarning dastlabki tanlagan OTM böysunadigan vazirlik va idoralarga ariza topşiriladi, ular umumlaştirib Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi. Yaʼni TDYUUga öqişni köçiriş uçun ariza topşirganlar Adliya vazirligiga ariza topşiradi, Diplomatiya universitetiga ariza topşirganlar Taşqi işlar vazirligiga va h.k.

Qaysi OTM qaysi vazirlik tasarrufida ekanligini mana bu yerdan körib olişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/6168

ESLATMA:

➖ bu yangilik faqat öqişini köçiriş uçun 5-avgustga qadar transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborgan va onlayn test sinovlariga kirib çiqqan talabalarga taalluqli;

❗️ joriy yilda abituriyent sifatida öqişga hujjat topşirgan va testdan yiqilganlarga buning aloqasi yöq!

➖ hozir qaysidir OTMda talaba sifatida öqiyotgan va bugungi xabardan keyin birdan öqişini köçirişni xohlab qolgan talabalarga ham buning aloqasi yöq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek