Şerali Jörayev «Vatandoşlar» jamoat fondi raisi böldi
Şerali Jörayev yangi taşkil etilgan jamoat fondi Vasiylik kengaşiga rais böldi
Prezident qarori bilan “Vatandoşlar” jamoat fondi taʼsis etildi.
Fondning asosiy yönalişlari quyidagilar böladi:
➖ xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarni moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam körsatiş;
➖ xorijda özbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qoliş va rivojlantirişga qaratilgan faoliyatni qöllab-quvvatlaş;
➖ xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoşlarimizning respublika OTMlarida taʼlim olişlariga kömak körsatiş;
➖ rivojlangan xorijiy davlatlarda yaşab kelayotgan olim va ijodkor vatandoşlarimizning ilmiy, ijodiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş;
➖ xorijda vatandoşlar tomonidan taşkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvçi va şoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va sanʼat vakillari, sportçilari iştirokini taʼminlaşda kömaklaşiş;
Mazkur qaror bilan Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev “Vatandoşlar” jamoat fondining Vasiylik kengaşi raisi, Ravşan Ermatov esa uning örinbosari etib tayinlandi.
Şuningdek, Vasiylik kengaşi tarkibida Qudratilla Rafikov, Xurşid Döstmuhammad, Naim Karimov, Erkin Komilov, Ozodbek Nazarbekov, Alişer Saʼdullayev va boşqa mutasaddilar hamda jamoatçilik faollari örin egallaşgan.
👉 @xushnudbek 👈


