Xushnudbek Xudoyberdiyev testda «şpargalka» bilan tuşdi

Matn11-avgust, 2021, 18:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Aytgança, bugun testda qiziq iş böldi: "şpargalka" bilan qölga tuşdim

Tongda turib, testga boriş arafasida abituriyent ruxsatnomasini çop etmaganim esimga tuşib ketdi. Çunki testga boriş haqida keça tunda bir qarorga kelgandim.

Keyin şoşa-pişa kompyuterni va printerni yoqdim, ruxsatnomani yuklab oldim. Şoşganda labbay topilmaydi, deganlariday, ruxsatnomani çop qilay desam, böm-böş oq varaq topilmay qoldi. Keyin noiloj iş stolim ustida turgan duç kelgan qoğozning orqa tomoniga çop qilişga majbur böldim.

Testga bordim. Birinçi postdan ötdim. Ikkinçi postdan ötdim. Uçinçisiga kelganda tekşiruvçilar ruxsatnomamni qaraşdi. Orqasidagi yozuvlarni körib, "nima bu?" deb söraşdi. "Şunçaki çernovikka çiqargandim" dedim xotirjam ohangda. Şu payt tekşiruvçi "Çernovikmas, şpargalka-ku bu" deb qolsa deng.

Keyin mundoq qarasam, ertalab şoşilinçda ruxsatnomamni "Zakovat" turniri uçun tayyorlangan savol-javoblar çop etilgan qoğozning orqasiga çiqargan ekanman. Butun varaq savol-javoblardan iborat edi😂

Obbo, bunisi neça puldan tuşdi endi, deb turgandim, xayriyat, kuzatuvçilar tanib qolişdi, "Zakovat"ni savollarimi deyman" deyişdi. "Ha, şunaqa, böş varaq topolmay, şoşilib şunga çop qilgandim" dedim.

Xullas, ötkazvorişdi. Faqat ruxsatnomamni özlari bilan olib qolişdi. Postda turgan Milliy gvardiya xodimi pasportimni olib, tezda boşqa yangi ruxsatnoma çiqartirib, olib kelib berdi.

Şunaqa gaplar. Sal qolsa, "şpargalka" bilan qölga tuşib, akt tuzib, testdan çetlaştirilib ketardim😄

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Paxtakor-79 fojiasiga 42 yil töldi

    03 daqiqa

Yana oʻqing