Yetim bolalarga uy-joy ajratiş tartibi tasdiqlandi

Matn11-avgust, 2021, 15:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yetim bolalar 25 kvadrat metrdan kam bölmagan 1 xonali uylar bilan taʼminlanadi

"Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qaroriga köra:

✅ Özlariga biriktirilgan turar joyga ega bölmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga ular 18 yoşga tölgan yilda köp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bölmagan 1️⃣ xonali, voyaga yetgan yetim bolalar örtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bölmagan 2️⃣ xonali kvartiralar ajratiladi;

✅ mazkur toifaga kiruvçi nogironligi bölgan bolalarga kvartiralar köp qavatli uylarning 3️⃣-qavatigaça ajratiladi;

✅ kvartiralar mahalliy hokimliklari tomonidan köçmas mulkning birlamçi bozoridagi şahar va tumanlarda qurilgan köp kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;

✅ uy-joylar bilan taʼminlaş “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oşiriladi;

❌ mazkur navbatga özgartiriş kiritilişiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilişiga yöl qöyilmaydi.

❗️Uy-joylar mulkka egalik qiliş huquqi asosida, biroq ular 30 yoşga tölgunga qadar uy-joyni sotiş, hadya qiliş yoki garovga qöyiş yoxud ijaraga beriş hamda uy-joyda özi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan taşqari boşqa fuqarolarni doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga oliş huquqisiz ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek