Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari va Kun.uz mojarosi
Közni yumgil, közga aylansin köngil...
Ehtiroslarga berilmasdan, voqeani tahlil qilib köramiz.
Zamhokim va jurnalistlar: voqea aslida qanday bölgandi?
👉 Kun.uz muxbirlari bir tadbirkor murojaatini örganiş uçun Olmazor hokimligiga borganida hokim örinbosari A.Vahobov muxbirlarga qarata “özbekmisan” deya baqirib taşlanib qolgan.
👉 Ertasi kuni Toşkent şahar hokimligi “zamhokim”ning intervyusini eʼlon qildi. U Kun.uz naşri muxbiri 6 oy avval undan 1 gektar yer olişni iltimos qilgani, buning evaziga katta miqdorda pora vaʼda qilganini, u esa rad javobini berganini aytdi. 6 oy ötgaç, muxbir yana öşa masalani söragani uçun, unga taşlanganini maʼlum qildi.
👉 Kun.uz naşri bayonot bilan çiqib, bu gaplar tuhmatligi, muxbir R.Isroilov tuman hokimi örinbosari bilan hayotda ilk marotaba körişib turgani, ilgari heç qaçon özaro körişmagani bildirib, qolganini tegişli organlar ixtiyoriga havola qilgandi.
👉 Jurnalist R.Isroilov esa Boş prokuror nomiga murojaat yöllab, zamhokim unga oğir jinoyatni sodir etişda (pora beriş) ayblab, tuhmat qilganligi, şu sababli unga nisbatan çora körişni söragandi.
👉 Boş prokuratura esa mazkur holatni Toşkent şahar prokuraturasi tekşiriş ötkazayotganligini bildirgandi.
Qisqaça şu.
Prokuraturaning qarori
Toşkent şahar prokuraturasi uşbu holatni örganib, hokim örinbosariga nisbatan jinoyat işini qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilibdi. Yaʼni zamhokimning hokimiyat binosida jurnalistga taşlanganlik holatini jinoyat emas deb topgan.
Aslida uşbu qaror huquqiy jihatdan notöğri emas. Yaʼni haqiqatdan videolavhaga muhrlangan harakat uçun jinoiy javobgarlikka tortib bölmaydi. Jurnalistga taşlanib, kamerani öçirişni talab qiliş uçun Jinoyat kodeksida biror jinoiy jazo belgilanmagan. Bu iş uçun balki nari borsa mayda bezorilik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiş mumkindir. Jinoiy va maʼmuriy javobgarlik örtasida farq bor.
Agar Toşkent şahar prokuraturasining qarori huquqiy jihatdan notöğri bölmasa, unda nega ijtimoiy tarmoqlar yana norozilik bildiryapti? Sababi juda oddiy, çunki zamhokimning jurnalist pora taklif qilganligi haqida aytgan gaplari böyiça hozirça heç qanday izoh berilmagan. Qarorda ham bu holat umuman eslanmagan.
Jamoatçilik haqli savol beryapti: zamhokim gaplari uçun javob bersin, nega masalaning bu qismini unutib qöyyapmiz?
Olmazor hokimligining kulgili xulosasi
Olmazor hokimligi xizmat tekşiruvi ötkazib, A.Vahobovning harakatlarini kasb etikasi va xizmat lavozimi majburiyatlariga töliq rioya qilgan, deb topibdi.
Bu ham kulgili, ham qayğuli.
Bizda savollar bor:
• Nima uçun zamhokim harakatlarini Olmazor hokimligining özi tekşirdi?
• Masala jiddiyligini hisobga olib, nega Toşkent şahar hokimligi tekşirib, xulosa bermadi?
• Axir odob-ahloq qoidalarini buzganligi körga hassaday körinib turgan bir paytda, holatni örganişni Olmazor hokimligiga topşiriş qaysi mantiqqa töğri keladi?
Şu qarorni qabul qilgan "kottakonlar" Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari»ni heç qöliga olib körganmikin, qiziq?
❗️Yoki hokimlarning kasb etikasi uçun jurnalistga hamla qiliş oddiy holatmi?
Endi nima böladi?
Toşkent şahar prokuraturasining bu qarori yakuniy qarormi yoki tuhmat masalasi alohida yana körib çiqiladimi, bunisidan xabarsizman. Lekin körilişi şart va zarur!
Bu yerda masala aniq va tiniq:
• pora taklif qilgani rost bölsa, jurnalist javobgarlikka tortilsin, axir bu korrupsiya!
• agar bu tuhmat bölsa, unda zamhokim javobgarlikka tortilsin, axir bu muttahamlik!
Lekin şaxsan men zamhokimning intervyusidagi gaplariga işonmadim, işona olmadim.
Voqealar rivojini kuzatib boramiz. Işqilib, zamhokimning uşbu qilmişiga mutasaddilar heç narsa bölmaganday köz yumib, oxirida jamoatçilikka qarab – “közni yuming, közga aylansin köngil” deyişmasa böldi.
👉 @xushnudbek 👈
