Kun.uz Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari bo‘yicha bayonot berdi
KUN.UZ tahririyatining Olmazor tumani hokimi örinbosari A.Vahobov bilan boğliq voqea yuzasidan bayonoti
Kuni keça Olmazor tumani hokimi örinbosari A.Vahobov KunUz tahririyati xodimlariga tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan A.Vahobovning videointervyusi eʼlon qilindi. Uşbu intervyuda A.Vahobov KunUz muxbiri Rahmatilla Isroilov muqaddam undan tamagirlik yöli bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif qilgani haqidagi daʼvoni ilgari surdi.
Mazkur daʼvo yuzasidan KunUz zudlik bilan öz içki suriştiruvini ötkazib, tahririyat muxbiri R.Isroilov va boşqa xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinladi.
Xizmat tekşiruvida muxbir R.Isroilov unga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlar biror asosga ega emasligini, A.Vahobov bilan muqaddam HEÇ QAÇON körişmaganini, hayotda ilk marta 14-avgust kuni uçraşganini va öz-özidan A.Vahobovning gaplari tuhmatdan iboratligini maʼlum qildi.
Bundan taşqari, 15-avgust kuni Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xodimlari tomonidan aynan mazkur masala yuzasidan taşkil qilingan yuzma-yuz uçraşuvda A.Vahobov KunUz muxbiri Rahmatilla Isroilovni tanimasligini va hodisa yuz bergan kuni (14-avgust) birinçi marta körganini bayon qilgan (buni tasdiqlovçi audioyozuvlar mavjud).
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilayotgani sababli xizmat tekşiruvi davomida töplangan hujjatlar (tegişli audio va videomateriallar bilan birga) qöşib örganiş uçun Toşkent şahar prokuraturasiga yuborildi.
Bundan taşqari, muxbir R.Isroilov öziga nisbatan oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilgani uçun Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Boş prokuraturaga şikoyat yöllaganini maʼlum qildi.
Toşkent şahar prokuraturasida olib borilayotgan tergovga qadar suriştiruv jarayonlariga xalaqit bermaslik, suriştiruv jarayonlari xolisligiga taʼsir va bosim ötkazmaslik maqsadida KunUz tahririyati uşbu mavzuda boşqa maʼlumotlarni oşkor qilmaslikka qaror qildi.
👉 @xushnudbek 👈

