Davlat xizmatçilarini videoga oliş va eʼlon qiliş huquqi

Matn19-may, 2022, 20:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tuhmat balosidan özing asra

Xööööş, mana bu videoni körib, nima desam ekan, anaqa, bilasizmi, hmmmm, xullas tilimga biror söz kelmayapti.

Bir paytlar organ xodimlariga tuhmat qiladigan haydovçilardan himoyalaniş uçun yaxşiyam bodi-kameralar tizimi işga tuşdi, degan fikrlar bildirgandim (1, 2). Endi xuddi şu örinda xolislik uçun tanganing narigi tomonini ham aytişimiz şart: tuhmatçi organ xodimlaridan himoyalaniş uçun fuqarolarda ham videoga oliş huquqi bölişi kerak.

Va buning davomiga qöşimça: davlat taşkilotlari davlat xizmatçilarining iş vaqtiga tösqinlik qilayotgan şaxslar tuşirilgan videolarni fuqarolardan ruxsat söramasdan eʼlon qilayotgan ekan, demak fuqarolar ham tölagan soliqlari evaziga oylik olayotgan davlat xizmatçisining iş vaqtida, öz xizmat burçini bajarayotgan paytda olingan videolarni ruxsat söramasdan eʼlon qilişga huquqi bölişi kerak. Bu juda oddiy mantiqiy va ijtimoiy tenglik, murakkab öylaydigan joyi yöq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1238
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek