Internet tezligining 10 baravar oşişi qanday böladi
Internet tezligining 10 baravar oşişi: bu qanday böladi?
Turon24 naşri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan boğlanib, uşbu masalaga oydinlik kiritdi.
Aytişlariça, tezlikning oşirilişi barça internet foydalanuvçilarida tezlik keskin ön barobar oşib qolişini anglatmaydi.
Gap şundaki, xususiy provayderlar "Özbektelekom"dan ajratilgan kanallar orqali abonentlarga internet tarqatadi. Kanallar kamligi bois ayrim holatlarda foydalanuvçilarga yetib boradigan internet tezligi tuşib ketgan, natijada foydalanuvçilarga tarif va paketlarda körsatilgan tezlik taʼminlanmagan. Misol uçun aslida tarifda 3 mb/s tezlik körsatilgan bölsa ham, lekin amalda 1-2 mb/s tezlik berilgan.
Endi kanallar soni köpaytiriladi, buning natijasida trafik köpaygan soatlarda tezlikning tuşib ketişi kabi holatlarning oldi olinadi yoki sezilarli kamayadi.
Bir söz bilan aytganda, "Özbektelekom" provayderlarga körsatiladigan xizmat sifatini oşiradi, provayderlar esa, öz navbatida, abonentlarga körsatiladigan xizmat sifatini oşiriş imkoniyatiga ega böladi. Xizmat sifatini qay darajada yaxşilaş, tezlikni qançalik oşiriş har bir provayderning öz ixtiyorida böladi.
Internet narxida qanday özgarişlar böladi?
Aniqlanişiça, "Özbektelekom" kutilayotgan özgarişlarni inobatga olgan holda yil davomida provayderlar uçun belgilangan narxlarni bosqiçma-bosqiç tuşirib borgan. Abonentlar uçun narxlarning tuşirilişi yoki oşişi provayderlarning öziga boğliq bölib, bozor şaroitidan kelib çiqadi. Taʼkidlanişiça, nima bölganda ham narxning keskin oşişi kutilmayapti.
* * *
Xullasi kalom, hozirgi 1 mb/s tezlikdagi internetimiz 1-dekabrdan 10 mb/s böladi deb, kutmang.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

