JIDUda B1 sertifikatiga maksimal ball berilmasligi noqonuniy

Matn14-noyabr, 2018, 09:453 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Diplomatiyaga B1 daraja sertifikati ötmaydimi?

Joriy yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida çet tilini biliş böyiça B1 daraja sertifikati uçun çet tilidan maksimal ball berilmaganidan norozi bölib juda köpçilik abituriyentlar savol yölladi va hozir ham yöllaşmoqda. Şu sababli uşbu masalani örganib çiqib, öz xulosalarim bilan örtoqlaşmoqçiman.

Noqonuniy talab

Xulosam şuki, agar joriy yilda haqiqatdan ham çet tilini biliş darajasi töğrisidagi davlat namunasidagi V1 sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga maksimal ball berilmagan va ular çet tili fanidan test sinovlaridan ozod etilmagan bölsa, demak qonunbuziliş holatiga yöl qöyilibdi.

Sababini tuşuntiraman:

JIDUga qabul jarayonlari tartibi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2018-yildagi 594-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan. Nizomning 43-bandiga binoan, xalqaro tizim sertifikatlariga quyidagiça minimum talab qöyilgan:

1) IELTS - 5,5 ball;
2) TOEFL IBT - 61 ball;
3) test DaF – CEFR B2;
4) GOETHE – CEFR B2;
5) DELF – CEFR B2.

Körib turganingizdek, CEFR uslubi böyiça B2 sertifikatga qöyilgan talab nemis tili böyiça test DaF va GOETHE sertifikatlariga, fransuz tili böyiça esa DELF tizimiga taalluqli.

Uşbu bandda “şuningdek” sözi bilan boşlangan holda VMning 610-sonli qarori bilan belgilangan çet tilini biliş darajasini baholaşning milliy test tizimi ham eslab ötilgan. Bu degani, 610-sonli qarordagi qoidalar ham JIDUga töliq tatbiq etiladi.

610-sonli qarorning 3-bandida esa 2018-yil 1-yanvardan çet tilini biliş darajasi töğrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga çet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriş va ularni çet tili fanidan test sinovidan ozod etiş belgilangan.

Qissadan hissa

Xullasi kalom, agar joriy yilda qaysidir abituriyentning qölida milliy test tizimi orqali olingan B1 darajali sertifikat bölgan bölsa, unga çet tilidan maksimal ball berilib, u çet tili fanidan test topşirmasligi kerak edi.

Biroq amaliyotda JIDU qabul komissiyasidagilar «Endi bizga B1 sertifikat ötmaydi» deb qançadan-qança abituriyentlarni qaytarib yuborişdi. Sertifikati bölsa-da, test topşirişga rozi bölgan abituriyentlarning esa sertifikatlari inobatga olinmadi, bazaga kiritilmadi, öz-özidan ularga maksimal ball berilmadi. Ayrim abituriyentlarga hattoki test bölayotgan paytda akt tuzilib, 2 ta blokli savollar kitobi örniga, 3 ta bokli savollar kitobi berilgani haqida ham faktlar bor. Natijada ularning qonun hujjatlarida belgilab qöyilgan huquqlari buzildi.

Nima qiliş mumkin?

Mabodo qaysidir abituriyent JIDUda xuddi şunday muammoga duç kelgan bölsa, unda sudga murojaat qilişlari mumkin. Agar çet tilidan maksimal berilganda abituriyentning holati özgaradigan bölsa, yaʼni öqişdan yiqilgan bölsa, kiriş balliga yetarli bölsa yoxud kontraktga kirgan bölsa, byudjetga yetarli bölsa, unda heç ikkilanmay sudga murojaat qilişlari hamda öz buzilgan huquqlarini tiklaşni söraşlari mumkin. Unutmang, haq olinur, berilmas...

Rusça qarorning özbekça xato tarjimasi

Vazirlar Mahkamasining JIDU haqidagi 594-sonli qarori katta ehtimol bilan rus tilida tayyorlanib, keyin özbekçaga tarjima qilingan. Bölib ham xato tarjima qilişgan. Agar Nizomning 43-bandiga eʼtibor bersangiz, özbek tilidagi matnida “abituriyentlarga maksimal ball (100 ball) beriladi” degan joyiga közingiz tuşadi. JIDUda çet tili bloki böyiça maksimal ball 63 ballni taşkil qiladi.

Nizomning rusça variantida esa 100 ball haqida heç gap yöq (rasmga qaralsin). Boz ustiga özbekça variantida “kiriş imtihonlaridan ozod etiladi” degan atama ham notöğri qöllanilgan, aslida rusça variantdagi kabi “test sinovlari” bölişi kerak edi.

Gap şundaki, 100 ball va kiriş imtihonlari magistraturaga taalluqli. Nizomning 52-bandida xuddi şunaqa yozilgan. Qarorni tarjima qilganlar 52-bandidan kopi-paste qilişgan şekilli.

Mana şunaqa gaplar... Umid qilamanki, JIDUdagilar kelgusi yili bu işni takrorlaşmaydi. IMXO.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek