Andijonda «maʼnaviyat haşari» va noqonuniy pul yiğimi

Matn15-noyabr, 2018, 17:342 daqiqa0 koʻrish

Andijonda «maʼnaviyat haşari»

Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov farmoyişi bilan viloyat hududida şu yilning noyabr-dekabr oylari «Maʼnaviyat oyligi» deb eʼlon qilindi. Bu haqida Kun.uz saytida batafsil maqola eʼlon qilinibdi.

Bunaqa oyliklar köpku, nima böpti şunga, masalan, yonğin xavfsizligi oyligi va h.k., deyişingiz mumkin, albatta. Lekin gap şundaki viloyat hokimi «Maʼnaviyat oyligi» bahonasida viloyatda umumxalq xayriya haşari eʼlon qilibdi.

Yana ham qiziği haşar uçun viloyatdagi mulkçilik şaklidan qatʼi nazar barça taşkilotlarning (u xoh davlat taşkiloti bölsin, xoh xususiy) xodimlaridan 1 kunlik iş haqlari ixtiyoriylik asosida uşlab qoliş nazarda tutilgan. Va bu pullar nimagadir aynan viloyat hokimligining hisob-raqamiga tuşirilişi kerak ekan. Pul topişning ajoyib yöli, innovatsion tadbirkorlikku bu! Bunday "ixtiyoriylik" niqobi bizga juda yaxşi taniş. Heç kimdan sörab ham ötirilmaydi, korxona buxgalteri yoppasiga hammaning oyligidan uşlab qoladi, tamom-vassalom.

Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-sonli qaroriga köra, umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida faqat Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bölganda, faqat ixtiyoriy tarzda taşkil etiladi va ötkaziladi.

Keça eʼlon qilingan maqolaga bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy munosabat bildiribdi. Vazirlikning taʼkidlaşiça, haqiqatdan Andijon viloyati hokimining farmoyişi qonunga zid bölib, viloyat hokimiga Davlat mehnat huquq inspeksiyasining uşbu farmoyişni qonunçilikka muvofiqlaştiriş töğrisidagi körsatmasi yuborilgan.

Endi viloyat hokimligi ön kun muddatda körilgan çora-tadbirlar töğrisidagi maʼlumotlarni taqdim etişi kerak böladi. Kutamiz, nima deyişarkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek