Andijonda işçilar yonğoq ekişga majburlangani aniqlandi
Örgangan köngil örtansa qöymas
Butun mamlakat koronavirusga qarşi kuraşayotgan bir paytda ayrim rahbarlar yana eski hurmaça qiliqlarini boşlab qolibdi. Mehnat vazirligining xabar berişiça, Andijon tumani hududidagi adirlikka 10-11-aprel kuni yonğoq köçatlari ekilgan va bunda Andijon viloyati suv xöjaligi boşqarmasiga qaraşli korxona işçilari majburiy tarzda jalb etilgan.
Şu sababli korxona rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni mehnat qonunçiligini buzgani uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilibdi.
Buyoqda Mehnat vaziri Cotton Campaign'ga murojaat qilib, Özbekiston majburiy mehnatga çek qöyiş böyiça katta natijalarga erişgani uçun özbek paxtasidan boykotni olib taşlaşga çaqirib turgan bir paytda, Andijonda özi xon, kölankasi maydon töralar karantin payti odamlarni majburlab yonğoq ekişga olib çiqayotganiga nima deyiş mumkin?!
Bundan taşqari, aholiga karantin payti birlamçi zarur bölgan tibbiyot niqobini tayyorlab, 260 ta iş örnini yaratgan tadbirkor-fuqaroni "qonunni buzding" deb 157 mln sömlik tovarlari olib qöyilib, yana unga nisbatan sanitar qoidalarni buzganligi uçun jinoyat işi oçişgan bir paytda, koronavirus tarqalişi eng pik nuqtaga çiqqan 10-11-aprel kunlari xodimlarini yonğoq ekişga, yaʼni koronavirusga qarşi kuraşişda bir tiyinlik foydasi yöq işga MAJBURLAB olib çiqqan davlat korxonasi rahbariga oooooddiygina maʼmuriy javobgarlik qöllaşgani qaysi mantiqqa siğadi? Ikkalasi ham qonunni buzgan bölsa, ikkalasiga ham bir xil çora qöllanilmaydimi?
Yoki fuqaroga boşqaça çora, davlat mansabdorlariga boşqaça çorami? Yoki qonunlar Çirçiqda boşqaça, Andijonda boşqaçami?
Biz yo hamma uçun qonunlarni bir xilda amal qilişini taʼminlaymiz, yoki qonunbuzarlarga har kim öz bilganiça, yaʼni öz ölçovi bilan turli xil subyektiv jazo körib yaşaydi. Tegişli taşkilotlar bunga ham munosabat bildirarmikin yoki öraga siçqon tuşdi, guldur-gup böladimi?
👉 @xushnudbek 👈


