Karantin çeklovlari va Andijondagi ommaviy tadbir

Matn27-may, 2020, 18:422 daqiqa0 koʻrish

​​Egiluvçan qarorlar

Respublika maxsus komissiyasi qizil, sariq va hatto yaşil hududlar uçun ham amal qilinişi majburiy bölgan çeklovlarni belgilab bergan. Unga köra, ommaviy tadbirlar ötkaziş mumkin emas. Qanday maqsadda bölişidan qatʼi nazar ommaviy tadbir mumkin emas, tamom vassalom.

Ammo koronavirus tarqalişi kuçayib borayotgan bir paytda Andijonda yuzlab odamlarni köçaga çiqarib ommaviy piyoda yurdirişmoqda. Tepaga yaxşi körinişni xohlaydigan ayrim amaldorlar buning boşida turibdi. Ijtimoiy masofaga ham birov amal qilgan, birov qilmagan. Nima emiş, SES ruxsat berganmiş. Nega ruxsat beradi? SESda şunaqa vakolat bormi, Respublika maxsus komissiyasi taqiqlagan narsaga ruxsat beradigan?

Unaqada SES ruxsati bilan 100 kişilik töy qilsa ham böladimi? Har bir stulning orasini uzoqroq qöyib, töyga kelganlarni isitmasini tekşirib, qöliga antiseptik sepib, töyxonani dezinfiksiya qilib, bemalol töy qiliş mumkinmi? Yöqmi? Unda nega boşqaça tadbirlarga ruxsat berilyapti? Qarorlar hamma uçun bir xil emasmi?

Özbekistonning boşqa çekkalarida esa, karantin qoidalarini buzding, degan vaj bilan fuqarolarga tinimsiz jarima va boşqa jazolar qöllanmoqda. Hattoki köçaga non olişga çiqqan niqobli fuqarolarga “bemaqsad yuribsan” degan ayb bilan jarima solişgandi. Mana, köçada yuzlab bemaqsad yurganlarga heç narsa bölmayaptiku. Piyoda yuriş şunçalik soğliqqa foydali ekan, unda nima uçun köçadagi odamlarni “uyda qoling” deb haydayapsizlar? Hamma köçada yuraversin mazza qilib, soğliğiga foyda bölar ekan-ku.

Qilinayotgan işlarda na mantiq bor, na bir tartib.

Avval özimiz uçun aniqlab olaylik, karantin va undagi çeklovlar kimlar uçun? Barça uçunmi yoki faqat oddiy xalq uçunmi? Davlat taşkilotlariga bu taalluqli emasmi?

Bunaqa egiluvçan va odamiga qarab çöziluvçan qarorlar nima uçun faqat oddiy xalqqa kelganda işlaydiyu, davlat taşkilotlariga kelganda hamma köz yumadi? Nima uçun? Şu savolga kimdir javob bera oladimi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek