Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlaş çoralari belgilandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Koronavirus pandemiyasi davrida Özbekiston Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlaş töğrisida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra:

👉 budjet mablağlari maqbullaştiriladi;

👉 birlamçi zarur va dolzarb bölmagan xarajatlar keyinga qoldiriladi;

👉 budjet mablağlari eng avvalo muhim xarajatlarga (koronavirusga qarşi kuraşişga oid, iş haqlari, pensiya va stipendiyalarni öz vaqtida tölaşga oid, oziq-ovqat mahsulotlari va kommunal tölovlarni tölaşga oid) sarflanadi;

👉 davlat taşkilotlarining byudjetdan taşqari jamğarmalari xarajatlari qisqartiriladi (iş haqlari va qonunlardagi moddiy rağbatlantiriş mustasno) va iqtisod qilingan mablağlar byudjetga yönaltiriladi;

👉 davlat taşkilotlari 1-avgustga qadar byudjetdan taşqari jamğarmalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qiliş, quriliş, rekonstruksiya va kapital taʼmirlaş bilan boğliq xarajatlarni töxtatadi;

👉 ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat uluşi mavjud bölgan korxonalarda 2019-yil uçun olingan va 2020-yilda olinadigan sof foyda böyiça davlat uluşiga hisoblangan dividendlar töliğiça Davlat byudjetiga ötkaziladi;

❗️ joriy yil 1-iyuniga qadar parlament, sud va prokuratura, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, hokimliklar, barça vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar va jamğarmalar uçun yagona mehnatga haq tölaş tizimini tatbiq etiş böyiça Prezidenti qarori loyihasi kiritiladi (yaʼni idoraviy mansubligiga qarab turli miqdorda bölgan oylik-maoşlar birxillaşadi va katta ehtimol bilan köplab idoralar xodimlari oyliklari ança kamayadi).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek