OTMlarda profilaktika inspektori lavozimini joriy etiş
Har bir OTMga özining profilaktika inspektori kerakmi?
Içki işlar vazirligining trollar fabrikasini rasmiylaştirişga oid hujjat loyihasi haqida avval yozgandik. Bu böyiça IIV matbuot xizmati ham bayonot berib, takliflar inobatga olinişini aytib ötdi. «Takliflar inobatga olinadi» degani, öşa trollar fabrikasi, iye uzr, «vatanparvar blogerlar» demoqçi edim, xullas öşalar norasmiy işlayveradi, şunçaki ularni rasmiylaştiriş fikridan qaytdik, degani emasmikin?
Mazkur qaror loyihasining faqat bitta bandiga köproq urğu berdigu, lekin qolgan bandlari eʼtiborimizdan biroz çetda qoldi.
Masalan, qarorda yana mana bunaqa band ham bor:
«12. Içki işlar vazirligi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining quyidagi:
OTMlarda voyaga yetmaganlar va yoşlar bilan işlaş böyiça inspektor lavozimini OTMning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan joriy etiş;
OTMlar voyaga yetmaganlar va yoşlar bilan işlaş böyiça inspektorlarining xizmat faoliyati böyiça tegişli OTM bilan bir vaqtda içki işlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalariga hisobdorligini belgilaş töğrisidagi takliflari qabul qilinsin».
Oliy taʼlim sohasiga aloqasi bor inson sifatida uşbu bandga ham mutlaqo qarşiman.
Birinçidan, özi şundoq ham oliy taʼlimda keraksiz taqiq va nazoratlar köp. Talabalarga beriladigan bilim sifati emas, uning kiyimi, soç-soqoli, davomati, ruçkasi, qalami, kerak bölsa paypoğigaça nazorat ostida. Biz mazmunga emas, şakl-şamoyilga köp urğu beramiz, erkinlik bermaymiz yoki bundan qörqamiz.
Agar bu taklif amalga oşsa, endi darvoza tagida dekan yoki “zamdekan” emas, formali içki işlar xodimi turvolib, talabalarning soçi va kiyimini nazorat qilib ötiradimi? Jinoyatçilikka qarşi kuraşişning boşqa effektivroq yöllarini tanlasa bölmaydimi?
Ikkinçidan, bu lavozimni OTMlar öz mablağlaridan moliyalaştirar emiş. Keçirasizlaru, OTMlarimiz şundoq ham asosan davlat subsidiyasida ötiradi, deyarli mustaqil pul topmaydi. Ammo xarajatlari katta. Taʼlim sifatini oşiriş uçun yanada köproq mablağ kerak ularga. Nima uçun OTM özi ming maşaqqat bilan topgan pulni öqituvçilariga oylik qilib bermasdan, qanaqadir profilaktika inspektori uçun oylik tölaşi kerak? Taʼlim sifatiga talabalarni nazorat qilib yuradigan inspektordan qanday foyda böladi? Men biror foydani körmayapman.
Qaror loyihasi qayta körib çiqilayotganda şu masalalarni ham inobatga olişsa yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈
