Qonun hammaga teng bölsin: Yulduz Usmonovaning çiqişiga munosabat
Qonun hammaga teng bölsin - artistga ham, boşqalarga ham
Ijtimoiy tarmoqlarda özining sanʼatidan köra, turli şov-şuvli çiqişlari bilan maşhurroq bölib borayotgan Yulduz Usmonovaning içki işlar xodimlariga “tupurgani” aks etgan gaplari keng muhokama qilinmoqda.
Şu paytgaça uning birorta çiqişlariga munosabat bildirgan emasman. Şunçaki gaplarini jiddiy qabul qilmaganman va eʼtibor ham bermaganman.
Aslida hozir ham şu fikrdaman. Yaʼni uning bitta gapi bilan içki işlar organlarining obrösi tökilib qolmaydi, aksinça juda köpçilik xodimlarni himoya qilib, Yulduz Usmonovaning özini ayblaşmoqda.
Ammo huquqşunos sifatida hozirgi vaziyatga qisqa baho bermoqçiman xolos. Bu böyiça Kun.uz ham yaxşi material tayyorlabdi.
Xöş, fuqaro Usmonova Yulduz Ibragimovna uşbu vaziyatda javobgarlikka tortilişi kerakmi yoki yöq?
Javobim: ha, kerak!
Qanday asoslarga köra?
Birinçidan, niqobsiz yurib, karantin qoidalarini buzgani uçun, yaʼni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga binoan.
Ikkinçidan, içki işlar organlari xodimlarini haqorat qilgani uçun, yaʼni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasiga binoan.
Qanday jazo berilişi kerak?
Bunisini faqat sud hal qiladi. Jazo masalasida biror narsa deyişga vakolatli emasman.
Ammo şunçaki qonunlar hamma uçun bir xil işlaşi kerakligini eslatib qöymoqçiman xolos. Yodingizdami yaqindagina 3 nafar niqobsiz ösmirlarning Amir Temur haykaliga savol bergan videosi tarqab ketgandi va bu ham ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikni keltirib çiqargan edi. Aslida ular heç kimni oçiq-oydin haqorat qilmagandi. Boşqa payt bölganda, ularga balki heç qanday jazo ham berilmasdi, ammo karantin şaroiti hisobga olinib, ularga 15 sutka qamoq jazosi berildi.
Buni şunçaki maʼlumot uçun eslatdim xolos. Köramiz, hozirgi vaziyat qanday yakun topar ekan.
Yakuniy fikrim
Içki işlar organlari tizimidagi ayrim işlarni va baʼzi xodimlarning hatti-harakatlarini tanqid qilib turamiz. Ammo ularni haqorat qilmaymiz. Aksinça öşa baʼzi xodimlar butun tizim nomiga doğ tuşirişi mumkinligidan xavotir olamiz. Çunki biz içki işlar organlarini xuddi ğarbdagidek xalqning eng yaqin dösti bölişini, fuqarolar ularni hurmat qilib, ularga işonişini va öz navbatida tizim xodimlari ham xalqni boşiga kötarib yuradigan haqiqiy xizmatçi va himoyaçi qalqon bölişini istaymiz.
Sözimiz sönggida karantin davomida sidqidildan mehnat qilib, keçani keça, kunduzni kunduz demay ter tökayotgan barça huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga şifokorlarimiz bilan bir qatorda rahmat aytamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👎 1



