Sardobadagi qutqaruv işlarida Milliy gvardiya xodimi halok böldi
Qayğuli xabar 😔
Milliy gvardiya matbuot xizmati "Sardoba" suv ombori fojialaridan keyingi qutqaruv işlarida halok bölgan xodim haqida xabar berdi.
Suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv işlarida iştirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuçli oqim sabab oqib ketgan.
Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatçisi serjant Suyarov Xusniddin Zokiroviç tabiiy ofatga qarşi kuraşiş jarayonida halok böldi.
Hozirda ikkinçi xodimni qidiriş işlari davom etmoqda.
«Milliy gvardiya qömondonligi va şaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini körsatib, öz xizmat burçiga sönggi nafasigaça sodiq qolgan serjant Suyarovning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiramiz», - deyiladi xabarda.
Biz ham uşbu mard öğlonimizning haqlariga duodamiz. Vatani uçun, yurtdoşlari uçun jonini ham fido qilişga tayyor bölgan bunday jasur yigitlarni xalqimiz unutmaydi.
- ❤ 3


