Qaysi OTMlarda eng yuqori kiriş ballari böldi

Matn4-mart, 2019, 13:032 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qaysi OTMlarda eng yuqori kiriş ballari böldi?

Oliy taʼlim muassasasiga kiriş ballarining qançalik yuqori ekanligi unga hujjat topşirayotgan abituriyentlarning bilim darajasi, qaysi soha böyiça raqobatning kuçli ekanligini körsatadi. «Maʼrifat» gazetasida 2018–2019 öquv yili uçun qaysi OTMda ball körsatkiçi qança bölganligini körsatuvçi maqola eʼlon qilindi.

Davlat test markazi maʼlumotlari asosida tayyorlangan maqolaga köra, respublika böyiça eng yuqori kiriş ballari quyidagi OTMlarda qayd etilgan:

Davlat granti asosida:

Toşkent davlat yuridik universiteti – 218.1;

Jahon iqtisodiyoti va diplomati universiteti – 188.4;

Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti – 185.1;

Buxoro davlat tibbiyot instituti – 166.4;

Toşkent davlat şarqşunoslik instituti – 163.6.

Tölov-şartnoma asosida:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 164.1;

Toşkent davlat yuridik universiteti – 162.3;

Toşkent davlat stomatologiya instituti – 160.0;

Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti – 157.7;

Toşkent tibbiyot akademiyasi – 156.9.

P.S.: Adaşmasam, bu yerda faqat özbek guruhlarining bali körsatilgan, rus guruhlarida kiriş balli nisbatan pastroq bölgan.

P.S-2: Bu yerda yana bir narsani qöşimça qilib ketiş kerakki, ballarning balandligi öşa OTMga topşirgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlar soni bilan ham çambarças boğliq. Çunki aynan ular özlarining 50%lik imtiyozlari bilan ballarni «potolok» bölişiga olib kelar edi. Xayriyatki, joriy yildan bu tafovut bekor böliş arafasida turibdi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek