Test sinovlari uçun darsliklar masalasidagi tuşunmovçilik

Matn4-mart, 2019, 17:212 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Yana darsliklar masalasida

2019-yildagi test sinovlarining savollari uçun asos böladigan darsliklar mavzusi haqida bir neça marta post yozgandik.

Ming afsuski, hali hanuz uşbu masaladagi asosiy tuşunmovçilik saqlanib turibdi:

Kollej va akademik litsey bitiruvçilari ham 10-11-sinf darsliklarini öqişga majburmi?
Yoxud şuning teskarisi maktab bitiruvçilari ham kollej va akademik litsey darsliklarini öqişga majburmi?

Har kuni 10 dan ortiq ayni şu mavzuda savollar kelib tuşmoqda. Garçi DTM saytida “yöq, öqişga majbur emas, hamma özining öquv rejasidagi darslikni öqiyversin” deyilgan bölsada, lekin buning mexanizmi hali tuşuntirib berilmadi. (Batafsil: http://dtm.uz/page/abituriyentlar)

Kollej va maktab darsliklarida tafovutlar mavjud, yaʼni qaysidir maʼlumot birida bor, ikkinçsida yöq. Şunday holatda test sinovlarining savollari maktab va kollej bitiruvçilariga qanday taqsimlanadi? DTM xodimlari mana şu masalaga uzil-kesil oydinlik kiritişsa, xalqqa batafsil tuşuntirib berişsa, nur ustiga aʼlo nur bölar edi.

Menimça, quyidagi 2ta usuldan birini qöllaşsa kerak:

1) Maktab va kollej bitiruvçilari bazaga alohida kiritiladi va guruhlarga ham alohida taqsimlanadi. Bunday holda savollar bazasi ham kollej va maktab darsliklari asosida alohida ajratiladi. Şunda maktab bitiruvçisiga maktab darsliklari asosida savollar kitobi beriladi, kollej bitiruvçisiga esa aksinça.

Lekin bu usul juda dahmaza iş. Qisqa qilib aytganda “bardak” bölib ketişi mumkin. Mehnati ham oğir.

2) Test savollari kollej va maktab darsliklaridagi umumiy maʼlumotlar asosida tuziladi. Şunçaki misol uçun aytaylik, Amir Temurning Seyiston jangida oyoğidan jarohat olgani haqidagi fakt kollej darsligida bor, lekin maktab darsligida yöq. Demak, uşbu faktdan test savoli tuzilmaydi. Bunday usul qöllanilsa savollar bazasi barça uçun umumiy böladi. Ajratişga ehtiyoj qolmaydi.

Töğri, bu usulning ham muşkulligi yöq emas, lekin bu birinçisiga qaraganda ança yengilroq usul.

Yuqoridagi ikkala usul ham şunçaki mening variantlarim. Balki DTM bundan ham maʼqulroq mexanizmni qöllamoqçidir. Faqat öşa mexanizm haqida keng jamoatçilikka tezroq tuşuntiriş beriş kerak. Yuz minglab abituriyentlar va ularning öqituvçilari heç narsani tuşunmasdan boşi gangib yuribdi şu kunlarda.

Oldindan rahmat.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek