Çiroqçida uç egizak dunyoga keldi
Çiroqçida «Fibonaççi raqamlari»
(navbatdagi 3 nafar egizak dunyoga keldi)
Şu desangiz, kuni-keça ajib bir voqea röy beribdi. Eşitib ajablandim, rosti.
Xullas, 6 kun avval Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida Şerzod Dösmurodov oilasida 3 nafar egizaklar dunyoga kelibdi. Hammasi öğil! Nima deb ism qöyişmoqçi, deysizmi? Ha, ha, töğri fahmladingiz. Çaqaloqlarga davlat rahbariga havas qilib Şavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qöyişmoqçi ekan (hali rasmiylaştirişmabdi).
Qaşqadaryo viloyati hokimligi «Kobalt» maşinasini hayallatişmasa kerak, har holda.
Uç nafar egizak tuğilgani aslida unça hayratlanarli voqea bölmay qoldi. Lekin gap faqat bu uç oğa-ini egizaklarda ham emas.
Çaqaloqlarning onasi Sadoqatxon 25 yoş ekan (1993-yil). Turmuş qurişgandan söng, dastlab yoş oilaning boşiga sinov tuşibdi. 2 marta homila rivojlanmay qolibdi. Lekin sabr tagi sariq oltin deganlari bejizga emas. Ikki yoş sabr qilib, kutişgandan söng, dastlab qizaloq dunyoga kelibdi. Yoş oila xursand! Ular baxtiyor!
Alloh beraman desa, heç gap emasda, biroz ötib, polvonday öğil dunyoga kelibdi. Bir öğil, bir qiz! Qanday ajoyib!
Alloh beraman desa, yana heç gap emasda, yoş oila 2 marta oğzi kuygandan keyin, farzandlarini köpaytirişni niyat qilişgan ekan şekilli, keyingi safar birdaniga 2 nafar egizaklar dunyoga kelibdi! Vah, vah, behad şukr! 2 öğil, 2 qiz!
Alloh beraman desa, yana va yana qayta aytaman, heç gap emasda, mana 6 kun avval bu oilada 3 nafar öğil dunyoga kelibdi! 5 öğil, 2 qiz! Jami 7 nafar farzand!
Bunaqasini heç eşitganmisiz? Sizni bilmadimu, men birinçi marta eşitişim. Har ne bölganda ham yoş oila uçun bağoyatda xursandman. Farzandni bergan rizqini ham beradi, nasib qilsa.
Lekin bir tomondan odam öyga toladi. Yoş oilaning yaşaş uçun uyi ham yöq ekan, moddiy ahvoli örtaça. Balki Çiroqçi tuman hokimiyati yoki Yoşlar ittifoqi vaziyatdan kelib çiqib, uy-joy masalasida ham yoş oilaga yordam bersa yomon bölmasdi, deymanda. 7 nafar farzandni katta qiliş osonmi-yey?!
Ha, aytgança, yuqorida «Fibonaççi raqamlari»ni bejizga eslamadim. Matematikada şunday atama mavjud, bu raqamlarning öziga xos ketma-ketligini anglatadi, yaʼni navbatdagi raqam avvalgi 2ta raqamning yiğindisidan hosil böladi. Masalan, quyidagiça: 0, 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21…
Çiroqçidagi bu oilaning 7 nafar farzandi va rivojlanmay qolgan homila Fibonaççi raqamlarini ayni takrorlaganiga nima deysiz! Dastlab 0, keyin 1, keyin yana 1, keyin 2 va oxirida 3! Balki Şerzod Dösmurodovning turmuş örtoği Sadoqatxon keyingi safar 5 nafar egizakni dunyoga keltirar, kim bilsin 😊 Axir yuqorida aytdimku, Alloh beraman desa...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👎 1
