Alişer Usmonov Namanganga 50 million dollar xayriya qildi

Matn5-mart, 2019, 09:562 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Şavkat Mirziyoyev: «Biz Alişer Usmonovdek vatandoşlarimiz bilan ğururlanişimiz kerak»

Rossiyalik milliarder, USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari uçun 50 million dollar xayriya qildi. Prezident bu haqda Namanganda bölib ötgan faollar yiğilişida maʼlum qilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi, kuni keça esa «Özbekiston 24» telekanali orqali bu haqda lavha berildi.

«‘Obod qişloq’ va ‘Obod mahalla’ dasturlari böyiça Alişer Usmonov menga bir taklif qildilarki, ‘Agar siz ruxsat bersangiz, örtoq Prezident, 50 million dollarni ‘Obod qişloq‘ böyiça Namangan viloyatiga bersam, siz şuni qanday qabul qilasiz?’. Men aytdimki, bu pullarni har bir tumanga 20—25 milliard sömdan biz tarqatmoqçimiz. Bu pullar, oçiğini aytsam, Toşkentga tuşdi. Bu vaʼda emas, naqd pulni yubordi», — deb aytgan Şavkat Mirziyoyev.

Prezident noyob loyiha sifatida Namangan şahrida Alişer Usmonov nomi bilan xalqaro biznes-markaz va biznes-maktab oçişni taklif qildi.

«Biz bunaqa vatandoşlarimiz bilan ğururlanişimiz kerak. Tadbirkorlik deyapmiz. Hamma ham tadbirkor bölavermaydi. Öqitiş kerak, sir-asrorini örgatiş kerak. Namanganda tuğilib, dunyoga taniqli tadbirkor böliş — bu Namangan havosi, Namangan suvi, Namangan xalqining katta ehtiromi va mehnatining natijasi bölsa kerak. Namangan yoşlarini tarbiya qilsangiz, Namangan xalqiga butun umr zamin va esdalik böladi», — deya taʼkidlagan Özbekiston Prezidenti.

Davlat rahbari, şuningdek, toğli Nanay qişloğida sanator-soğlomlaştiriş majmuasi quriş qarori berilganini ham maʼlum qilgan. «Gazeta.uz»ning eslatişiça, Nanayda rekreatsion zona taşkil etiş haqida Prezident 2018-yil may oyida Namanganga taşrif buyurganida ham gapirgan edi.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek