Test savollarining murakkabligi va kiriş ballari tahlili
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz«Тестлар нима учун охирги йилларда жуда қийин бўлиб кетган эди?» Шу мавзу бўйича «Блогерлар клуби» кўрсатувидаги шахсий фикрларим. Каналга уланиш: 👇 https://t.…Yuqoridagi video 👆 ötgan yili 1-avgust kuni efirga uzatilgan «Blogerlar klubi» körsatuvidan parça edi.
Keça 4 yillik kiriş ballarini tahlil qilib, yoşlarimizning özi unçalik bilimli emasligi haqida bildirgan fikrimdan keyin, ayrimlar oxirgi yillarda test savollarining qiyinligi, tuşunarsiz, murakkab va ğalizligi ham kiriş ballarining past bölişiga sabab bölgani haqida yozişdi.
Ha, ularning fikriga ham qöşilaman. Va nima uçun oxirgi yillarda test savollari qiyin bölib ketgani haqida 1 yil oldin TV orqali öz şaxsiy fikrlarimni aytgandim.
Va aytiş mumkinki, haqiqatdan ötgan yili imtihonlar ançayin şaffof bölgandan söng, savollar ham oson va soddalaşgani ayni haqiqat. Şuning uçun ayrim OTMlarda ballar birmunça kötarildi. Bu normal holat va töğri qaror, menimça.
DTMdan şu ruhda davom etişlarini sörab qolar edim.
