Abduqodir Toşqulov OTMga imtihonsiz qabul haqida

Matn22-may, 2021, 19:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​“Ming kişilik oşlarimiz bor ekan, OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilib bölmaydi” – Abduqodir Toşqulov

Toşkent Beş taşabbus harakati ikkinçi kunida ham hukumat vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilişi davom etmoqda. Xususan, Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulovning yoşlar bilan oçiq muloqoti köpçilikning diqqat markazida böldi. Unda yiğilganlarning asosiy qismi talaba yoşlardan iborat bölib, ular özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişga harakat qilişdi.

Tadbir davomida iştirokçilardan biri OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qiliş taklifini ilgari surib, xorijdagi aksariyat oliygohlarda talabalar öquv jarayonida saralab olinişi misol qilib keltirdi.

– “Maʼlumki, xorijdagi OTMlarda qabul oson, bitiriş qiyin. Bizda esa köpçilikka buning aksi – öqişga kiriş qiyin, bitiriş osondek tuyuladi. Xorijdagidek tartib amal qilişini men ham xohlayman. Lekin bitta masala: bizda bu özbekçilik-da, 300dan 1000 kişigaça oşlarimiz bor ekan, talabani öqişdan çetlatib bölmaydi, menimça. Gapimning maʼnosini tuşundingiz deb öylayman. Lekin bu sizning taklifingiz bölmaydi degani emas. Biz şunga qarab intilyapmiz.

Qaysi OTMda şaffof muhit bölsa, guruhda yaxşi öqigan talaba keyingi kursga ötib, öqimagani kursdan qolsa, ana öşa yerda buni joriy qilsa böladi.

Men vazir sifatida hozir yana bir taklif bilan çiqyapman. Talabalarni öqişga qabul qilişda DTM imtihon qiladi, töğrimi?! Mening taklifim, bitirayotganida ham davlat attestatsiyalarini DTM ötkazsin. Bu öqituvçini ham işlaşga majbur qiladi.

Lekin, hozirça bu bizga töğri kelmaydi. Sababi boya aytganimdek “bizda oşlarimiz bor” degan jumla zamirida juda katta maʼno bor”, dedi vazir.

#5taşabbusharakati #dvijeniye5initsiativ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek