Kiriş imtihonlarini soddalaştiriş taklif qilinmoqda
⚡️Maktab bitiruvçilari uçun kiriş imtihonlarini soddalaştiriş taklif qilinmoqda
Keça Davlat test markazi tomonidan OTMlarga kiriş imtihonlarini yanada soddalaştiriş töğrisidagi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/16493
Uşbu loyihada bir qator yangiliklarni joriy etiş haqida gap bormoqda.
Jumladan quyidagilar taklif qilinmoqda:
➖ keyingi öquv yili, yaʼni 2021/2022 öquv yilidan boşlab, maktablarning bitiruvçilari uçun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda OTMlarga öqişga kiriş sinovlarini birlaştirib, majburiy fanlar va maktab bitiruvçisi tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos ikkita fan böyiça yagona test sinovlarini aprel – may oylarida ötkaziş;
➖ test sinovlari natijalarini ötkazilgan kunning ertasiga DTM rasmiy veb-saytida eʼlon qiliş;
➖ test sinovlari natijalarini maktab bitiruvçilari umumiy örta taʼlim dasturlarini töliq özlaştirgandan keyin ötkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasida hamda OTMlarga öqişga qabul qiliş tanlovida inobatga oliş.
Şuningdek:
👉 maktab bitiruvçilari majburiy uçta fan va özi tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos ikkita fandan test sinovlarini topşiradi;
👉 maktab bitiruvçisi tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos 2 ta fanning har biridan ötkazilgan test sinovi natijasi qoniqarli bölganda, ularning natijasi umumiy örta taʼlim töğrisidagi attestatiga baholaş mezoniga muvofiqlaştirilgan holda qöyiladi va qöşimça test sinovlarisiz belgilangan tartibda test sinovi topşirgan mos öquv tili va taʼlim yönalişi böyiça tanlovda qatnaşadi;
👉 maktab bitiruvçisi tanlagan bakalavriat taʼlim yönalişiga mos 2 ta fanning kamida biridan test sinovi natijasi qoniqarsiz bölganda, u maktab tomonidan ötkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasida majburiy ravişda iştirok etadi;
👉 test sinovlarida iştirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barça abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnaşiş huquqi beriladi.
❗️ESLATMA: uşbu qaror faqat loyiha mazmunida. Hali rasman qabul qilinmagan. Boşqaça aytganda bular hozirça şunçaki taklif.
Qaror loyihasi 16-aprelga qadar muhokama qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈



