Talaba qizning propiska va jarimalar haqidagi maktubi

Matn25-iyun, 2019, 20:221 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#muştariydan_maktub

Yuqoridagi postga quyidagiça izoh qoldirildi. Öqib yuraklarim ezilib ketdiyey...

«Xushnudbek, propiska masalasida yozganlariznj qanchalik óqisam ham bir narsaga aniqlik kiritolmadim. Man talabaman qarindosh uruĝlarni aralalshtirib amallab Toshkentda birovni uyida yashayapmiz. 4 ta kursdoshlarim bilan. Lekin uchaska nozirimiz kelib men yóĝimda hammaga shtraf yozib ketgan, ózim gaplashib ham kóndirolmadim baraka topkur biz studentmiz kontrakt tólab óqiymiz desam ham kónmadi. Xozir propiska sóralmayapti deb biz ham qimagandik desam san zór qonunchi ekansan deb meni ham uyni egasini ham shtrafga tortib ketti. Uyni egasiga baribir ularni uyizdan chiqarmasangiz men yashashga qoymayman debdi.

Biz boshqa kvartiraga chiqdik, birga óqiydigan kursdoshimni yoniga. Yana ósha mahalla edi kóchada kórib qopti meni uchaskavoy. Uyga izlab kelib shu qiz shu yerda yashayaptimi xujjatlaringni kóray deb yana shtrafga soldi. Óqish tugashiga bir hafta qoganda shuncha shtraf tólashim kerak, uyga telefon qilib qanday pul sórashni bilmay turibmiz, uydagilar ham bezovta bólishini xohlamaymizda.

Ayni xozirgi kunlada uchaskavoy propiska uchun shunaqa qilishga haqqi bormi bir oy ichida qayta qayta shtraflar...☹️»

Izoh tugadi.

P.S.: nima deyiş mumkin, ayting, nima izoh bersa böladi bu holatga? Öz yurting fuqarolarini, talaba qizlarni ortidan quvib, jarima solgandan köra, jinoyatçilar bilan kuraşsang bölmaydimi, noinsof!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek