Muştariy maktubi: Mustaqil tayyorlanib öqişga kiriş tarixi

Matn29-avgust, 2021, 22:503 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Albatta, öqing

#muştariydan_maktub

Bugun menga 19 yoşli bir ukamizdan maktub kelib tuşdi. Öşa maktubni özgartirmasdan (faqat lotindan kirilga ögirdim), töliq eʼlon qilmoqçiman:

“Assalom alaykum, Xuşnudbek aka. Kanalingizga taşlangan audio xabarni eşittim. Katta rahmat sizga. Kimdur baribir şunday masalalarni gapirişi kerak. Men sizning aytgan gaplaringizdan özimga motivatsiya olyapman.

Ayniqsa ota-onasining moliyaviy ahvoli tufayli öqişga kira olmaganlarni ham gapirdingiz. Mana şu jihat hozirgi zamonda öqişga kira olmagan köpçilik talabalarning bahonasi bölib qolmoqda. Haqiqatdan ham bunday bahonalar yaraşmaydi. Harakat qilsa Xudo ham berarkan. Özimdan misol.

Men 2002-yilda Gulistonda tuğilganman. Yoşim 19 da. 4 yoşimda dadam vafot etganlar. Oddiy oila edik. Onam oşxonada işlardi, uyalmayman — idiş yuvuvçi edi. Bizni qöldan kelgança halol mehnat bilan boqdi. Akam va ukam bor. Akam dadam vafot etganda endigina 6-sinf edi. Hatto oilaga yordam deb maktabdan kelişi bilan kunlik işlarda, birovlarni uyida işlardi. Kollejni bitirişi bilan öqişga ham topşirmay, darrov tekstil sohasida işlarga kirdi. Men va ukam uçun kelajagidan voz keçdi. Bölmasa bilimi bor edi. Matematikadan olimpiadalarda şahar bosqiçlarida qatnaşardi. Şunçaki “öqişga agar kontraktga kirsam şaroit yöq” deb öqimadi. Ukam esa dadam vafot etganda endigina 7 oylik gödak edi. Maktabga borib aqlim kira boşlagan payt tuşundim. Öqiş kerak ekan, faqat öqiş. Maktabda faqat aʼlo baholarga öqirdim. 11-sinfgaça özim sinf sardori edim. Çoraklarim kamdan-kam holatlarda 4 bölar edi. Faqat 5 baholar bilan öqirdim. Faxriy yorliqlar uyda qalaşib yotibdi. Fizika va Matematikadan olimpiadalarda doimiy şahar va viloyat bosqiçlarida qatnaşib faxrli örinlar olganman.

10-sinfga borganimda akam bir gapni aytdi: "Ukam sen öqigin. Hamma umidim sendan. Öqişga kirsang böldi. Men bu yoğiga qöldan kegança amallayman" dedi. Şundan keyin faqat tayyorgarlik böldi. Özimizni uyimiz yöq edi. Toğamni uyida turardik. Va nihoyat harakatlar va qarindoş-uruğlar yordami bilan uy soldik. Şukr hozir uyimiz bor. Oilaviy şaroitimiz tufayli repetitorga bormadim. Özim uyda mustaqil tayyorlandim. Işonasizmi, matematikadan tayyorlaniş uçun bor-yöği 50 ming sömga kitob va test töplam oldim. Va bu yoğiga faqat tayyorlandim. Uydan umuman çiqmasdim. Hatto sinfdoşlar yiğilib boşqa viloyatlarga aylanişga borişsa, puldan qizğonib, u pulga boşqa narsa olarman, deb bormasdim.

Karantin payti töğrisini aytsam menga qöl keldi. Maktabda darslar yöq. Faqat uydaman. Çalğituvçi jihatlar yöq edi. Endi tayyorgarlik yana kuçaydi. Ertalabdan tuşlikkaça matematika, tuşlikdan söng ingliz tili. Keçki payt esa online testlarda qatnaşardim. Vaqt qanday ötganini bilmay qoldim. 2020-yilda Xudo omadimni berib 176,4 ball bilan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça) fakultetiga tölov-kontrakt asosida qabul qilindim. Qolgan 4 ta tanlagan OTMga grand edi, lekin 1-tanlovim TDIU edi. Özimni orzum ham aynan TDIUda öqiş edi. Uydagilar, ayniqsa akam juda xursand böldi. Kontrakt tölaşda avval sal qiyinçilik böldi. Taʼlim kreditini ham ololmadim. Bankda qiyin böp ketdi oliş. Omadim kelib taʼlim grantida ğalaba qozonib, “Najot taʼlim” tomonidan kontraktimni 30%i tölandi. Bu ham bizga katta yordam böldi. Hozirda mustaqil ravişda Python dasturlaş tilini örganyapman. Nasib bösa, yangi yilgaça noutbuk olib bu borada jiddiy şuğullanmoqçiman. Ingliz tilidan ham mustaqil IELTS imtihoniga tayyorlanmoqçiman.

Kelajakda nasib bölsa Iqtisodiyot vazirligida işlab, albatta Özbekistondagi eng katta iqtisodçilardan bölaman. Prezident böliş ham niyatim bor. Bularni sizga yozişdan maqsadim nima? Sizning aytgan gaplaringizga, yaʼni oddiy muhtoj oilalarning farzandlari ham repetitorsiz öqişga kirişiga men 100% qöşilaman. Bu uçun albatta siz aytganingizdek, faqat va faqat harakat kerak.

Oddiy oiladan böliş ayb emas. Çunki buni biz hal qilmaymiz. Yaratgan hammamizni turli şaroitdagi oilalarda dunyoga kelib bizga sinov beradi. Bunday sinovlardan öta biliş esa özimizga boğliq. Harakat qiliş kerak”.

Maktub tugadi. Xulosa özingizdan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek