Öqişni köçiriş böyiça maxsus sinovlar qaçon böladi

Matn25-avgust, 2019, 18:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqişni köçiriş böyiça sinovlar qaçon böladi?

#muştariydan_maktub

Assalomu alaykum Xuşnudbek aka sizni bitta sovol Bilan bezovta kilyapman xozirda men ukişni koçiriş boyiça imtixoni kutyapman bizga xaligaça imtixon kaçon bolişini aytişmadi 28 kuniga bilet olib koyganman imtxon bolmasa nima kilaman. çet elda ukiydigan talabalar 70 % 80 % foizi 27 26 sanaga bilet olgan biz kimga murojat kilsak boladi jovob uçun oldindan Raxmat.

Eng yomon narsa, bu - axboriy qaşşoqlik. Yaʼni köpçilik aholini qiynayotgan masala böyiça, birorta rasmiy xabar yoki maʼlumot berilmasligi. Oçiqlik va şaffoflik haqida gap ketganda, albatta hammayoqqa kamera qöyib taşlaş tuşunilmaydi, şunçaki kerakli maʼlumotni öz vaqtida berib turilsa ham şuni özi katta narsa.

Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 23-bandida xorijiy OTMlardan öqişini Özbekiston OTMlariga köçiriş va köçirib qayta tiklaş istagini bildirgan Özbekiston fuqarolari muayyan taʼlim yönalişidagi öqişga kiriş fanlari böyiça öqiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş yoki kasbiy (ijodiy) imtihon şaklida) topşiradi, deya belgilangan.

Xöp, öşa maxsus sinov qaçon böladi? Bu haqida nima uçun haligaça maʼlumot berilmayapti? Köp emas, atigi 2 qatorli gap bilan xabar bersa böladiku - "sinovlar falon kuni böladi yoki umuman bölmaydi", deb.

Hozir bilet olib qöyganlar nima qilsin? Ularni senyatbr boşida yana çaqirasizlarmi? Ular yana falon pulga bilet olib, Özbekistonga kelib-ketadimi? Mabodo sinovdan öta olmay, öqişni köçirişga rad javobi berilsa, şunçaki pulga kuyadimi ular?

Xullas, savollar köp. Javoblar yöq xolos.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek