Xorijdagi talabalar uçun öqişni köçiriş imtihonlari
❗️Öqişini köçiriş istagida bölgan xorijdagi talabalar uçun xuşxabar!
Xabaringiz bor, 5-6-sentabr kunlari xorijiy OTMlardan öqişini köçiriş istagida onlayn ariza topşirgan talabalar uçun test sinovlari bölib ötadi.
Ammo uşbu xabar çiqqandan söng, hozirda xorijda bölib turgan va karantin çeklovlari sababli Özbekistonga kelişga ulgurmagan talabalardan juda köplab murojaatlar kelib tuşdi. Ular 5-6-sentabr kuni böladigan testga yetib bora olmasliklarini, bunday vaziyatda ularning masalasi qanday hal qilinişini söraşdi. Mazkur murojaatlar tegişli mutasaddilarga yetkazildi.
Uşbu masala Davlat qabul komissiyasi tomonidan körib çiqilgan va biroz kelib tuşgan maʼlumotlarga köra, uşbu muammo talabalar foydasiga ijobiy hal qilingan.
Yaʼni bugungi kunda xorijiy davlatda bölib turgan va öqişini köçiriş masalasida transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ariza yuborgan talabalar uçun oktabr hamda noyabr oylarida alohida imtihon ötkaziladi.
Imtihon sanalari va boşqa qöşimça maʼlumotlar tez orada rasman eʼlon qilinadi, kutib turişingizni tavsiya qilaman.
👉 @xushnudbek 👈
