Ijodiy imtihon va magistratura natijalari keçikmoqda

Matn25-avgust, 2019, 14:421 daqiqa0 koʻrish

Nima uçun ijodiy imtihon va magistratura javoblari eʼlon qilinmayapti?
#abituriyent

Bugun 25-avgust, yangi öquv yiliga sanoqli kunlar qoldi. Ammo haligaça bakalavrda ijodiy imtihon asosida qabul böladigan yönalişlar hamda magistraturaning yakuniy natijalari eʼlon qilinmadi.

1 mln nafarga yaqin abituriyentlarning test natijalarini eʼlon qiliş 1 kunga keçikkani uçun qaaaança eʼtirozlarga sabab bölganini kördik. Ammo nima uçun şunça paytdan buyon ijodiy imtihon va magistratura javoblari eʼlon qilinmayapti? Çözişdan maqsad nima? Heç bölmasa natijalar nima uçun keçikayotgani haqida xalqqa oçiq-oydin tuşuntiriş bersa bölmaydimi?

Olingan norasmiy maʼlumotlarga köra, bunda ham xuddi testlar bilan boğliq holat takrorlanayotgan ekan. Yaʼni yakuniy natijalar allaqaçon tayyor, ammo Davlat qabul komissiyasining tasdiqlab berilişi kutilmoqda... Qança kutiladi, bunisini bilmadim.

Va imkoni bölsa, ijodiy imtihonlar yoki magistraturaning yakuniy natijalarini internet orqali köriş imkoniyatini yaratiş kerak (heç bölmasa, natijalarni Pdf şaklida yuklab). Abituriyentlar albatta OTMga borib, ilingan qoğozlarga qarab kelişga majbur bölmasligi kerak.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek