Kinematografiya agentligidagi manfaatlar töqnaşuvi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganKinematografiya agentligidagi manfaatlar töqnaşuvi masalasini Boş prokuratura örganadi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining xabar berişiça, Kinematografiya agentligi tomonidan şartnomalar tuzilişida va davlat subsidiyasi mablağlarining taqsimlanişida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilganligi aniqlangan.
Maʼlum bölişiça, Kinematografiya agentligi (F.Abduxoliqov) tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali (F.Abduxalikov yaqin qarindoşlari taʼsisçiligidagi “Master Media Production and Broadcast” MÇJ) iştirokida “Tuzoq” seriali suratga olingan.
Kinematografiya agentligi tomonidan “Orzular palatasi” seriali uçun 1,5 mlrd söm “MY-FILMS" MÇJ hisob raqamiga, “Tuzoq” seriali uçun 1,8 mlrd söm pul mablağlari “Master Media Production and Broadcast” MÇJga ötkazib berilgan.
Şunga köra, Kinematografiya agentligi boş direktori F.Abduxalikov yaqin qarindoşlari taʼsisçiligidagi MÇJning manfaatlarini közlab, davlat byudjetidan juda köp miqdordagi pul mablağlarining ajratilişiga erişib, qonunbuzilişi holatlariga yöl qöygan, degan xulosaga kelingan.
Töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1271

