Olmaliqda Malibu haydovçisini qöyib yuboriş haqidagi topşiriq
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzТошкент вилоятида бўлган воқеа. Қора рангли давлат рақам белгиси 01 584 ААА бўлган Малибу тўхтатилиб, қоидабузарлиги учун жарима расмийлаштирилаётганда рация о…Baliq boşidan sasiydi
«Toşkent» telekanalidagi lavhani körgan bölsangiz kerak. Olmaliq şahrida 01 584 AAA raqamli qora Malibuni YPX inspektori töxtatadi. Kamar taqmagani uçun jarima yoza boşlaydi va işonçnoma hamda tonirovka ruxsatnomasini söraydi. Şu payt ratsiya orqali kimdir kimgadir aloqaga çiqib, «xodimni uşlab turişgan ekan, rahbarlardan, şundoq aloqaga çiqing, qöyvorişsin» deb topşiriq berdi. Topşiriqni olgan "101" esa inspektorga aloqaga çiqib, «Köp gapirmasdan, yaxşi yetib oling deb qöyib yubor» dedi.
❗️Eʼtibor bering, topşiriq berganlarning birortasi nima qoida buzgan, deb söramadi. "Qöyvor" dedi böldi. U mastmi, çakvoganmi, odam urganmi, hujjati joyidami, farqi yöq. Telefon böldimi, qöyib yuboriş kerak, tamom.
Inspektor beçorani ham oilasi, bola-çaqasi bor, boz ustiga harbiylaşgan tizimlarda yuqoridan berilgan topşiriq muhokama qilinmaydi, "tuşundim sizni" dediyu, qöyib yubordi. Ammo jurnalistlarga qarab alam bilan "çiqarasizlarmi buni?" deb söradi.
❓Nega alam bilan? Çunki inspektorlar ham qoidabuzarlarning yonini oladigan hojatbaror rahbarlarning noqonuniy topşiriqlaridan töyib ketgani aniq. Axir hammamiz yaxşi bilamizku, GAIga tuşib qolsa, bitta telefon bilan çiqib ketiş Özbekistonda "moda"ga aylangan. Va bu faxrlanadigan iş. Çoyxonalarda örtoqlariga maqtanib aytib beriladigan voqea bu. Qolganlar ham uning naqadar tanişlari kuçli ekanligini eşitib, havas qiladi. Menda ham şunaqa taniş bölsayu, bitta telefon bilan lyuboy muammomni hal qilsam, deb orzu qiladi.
Xöş, Özbekiston qaçongaça taniş-bilişlar davlati böladi?
Tanişi bölsa telefon qilgani ham mayli, ammo YPX xizmatidagi rahbarlar nega bunaqa qoidabuzarlarning oldiga tuşadi?
Öşa rahbarlarni gapirtirsa, xalq YPX inspektorilarini yomon köradi, bizga işonmaydi, bizga hurmatsizlik qiladi, deb nolişni biladi. Lekin buni avvalo özlari boşlab berişadi.
Tepadagi qönğiroqlardan ölgudek qörqadigan rahbarlar, qani aytinglarçi, sizlar keçayu kunduz issiqda xalq xizmatida bölib turgan öz xodimlaringizni mana şunday botqoqqa botirişga, ularni qaysidir "krutoy"larning oldida şarmanda qilişga uyalmaysizlarmi? Vijdoningiz qiynalmaydimi?
Töğri, yöl patrul xizmati sohasini isloh qiliş böyiça oxirgi yillarda köp işlar qilinmoqda. Ammo bir narsani unutmaslik kerak, agar islohotni eng avvalo tizimdagi mana şunday "tanka"lardan tozalaşni boşlamas ekansizlar, hamma mehnatingiz tagi teşik çelakda suv taşigan bilan barobar. Mansabini suiisteʼmol qiladigan, qonunlarga tupurib qöygan, öz hamkasblarini qoidabuzarlar oldida yer bilan bitta qiladigan bunaqa vijdonsizlar bor ekan, hali beri bu soha odam bölmasligi aniq.
Boş prokuratura va Içki işlar vazirligiga murojaat!
Uşbu lavha böyiça töliq hisobot berişingizni söraymiz. Buyruqni berganlarning ism-şarifi kim, lavozimi qanaqa? Birinçi buyruqni bergan eng kattakondan boşlab "101"gaça, barçasini oçiqlang. Va ularga qatʼiy jazo çorasi qöllaş kerak. Ayniqsa eng birinçi bölib topşiriq bergan odamni tizimdan butunlay, bir umrga haydaş kerak. Şunçaki uzr sörab, "bilmay qolibman, tavba qildim, közim endi oçildi" degan eçki qasamlar ötmasligi kerak. Toki bu boşqalarga ham saboq bölar edi.
Malibudagi "xodim" kimligiga ham aniqlik kiritilişi, qonuniy xizmat vazifasini ötayotgan organ xodimiga nisbatan yuqori lavozimdagi tanişlari orqali bosim ötkazmoqçi bölganiga huquqiy baho berilişi kerak.
❗️Yana qaytaraman, uşbu voqea böyiça qilingan işlarga qarab, yöl harakati sohasi yaqin örtada odam böladimi yoki umid qilmaslik kerakmi, xulosa çiqarib olsa böladi. Mana şu eng buriliş nuqtasi. Yoki siyosiy iroda va qatʼiyat körsatiladi, yoki yuraveramiz yana eski şaltoq aravamizda.
P.S.: baliq boşidan sasiydi, lekin dumidan tozalanadi. Bu voqeada ham eng katta rahbarlar suvdan quruq çiqib, beçora pastdagi oddiy xodimlar işdan haydalmasinda işqilib?! Ayniqsa inspektor Abror Ismoilovga paşşa ham ozor bermasligi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5

