Olmaliqda haydovçini qöyib yuborişni buyurgan YPX komandiri jazolandi

Matn2-avgust, 2021, 13:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzТошкент вилоятида бўлган воқеа. Қора рангли давлат рақам белгиси 01 584 ААА бўлган Малибу тўхтатилиб, қоидабузарлиги учун жарима расмийлаштирилаётганда рация о…

Ijtimoiy tarmoqda «Toşkent viloyatida bölgan voqea» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan maʼlumot

Joriy yilning 28-iyul kuni Toşkent viloyati Olmaliq şahar hududida ötkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida, M.Uluğbek köçasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan “OʼZTEMIRYOʼLMASHTAʼMIR” unitar korxonasiga tegişli bölgan «Malibu» rusumli avtomobil haydovçisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli töxtatilgan.

Tekşiruv davomida transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi barça hujjatlar haydovçining yonida bölgan.

Haydovçiga nisbatan MJtKning 125-moddasi 1-qismga (xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalarini buziş) asosan elektron şakldagi bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Maʼmuriy bayonnomani rasmiylaştiriş jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga çiqib, köp uşlab turmasligini, haydovçiga nisbatan «xuşmuomala»da bölişini aytib, transport vositasini qöyib yuborişini aytgan. Şundan söng haydovçi harakatni davom ettirgan.

Uşbu holatda (ratsiya orqali boğlangan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi meyoriy hujjatlar talablarini buzganligi uçun intizomiy jazolandi.

Toşkent viloyati IIBB Axborot xizmati

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek