Olmazor tumani hokimi örinbosari va Kun.uz nizosi tahlili
Ali xöja, xöja Ali
Keça Olmazor tumani hokimi örinbosari A.Vahobov hamda Kun.uz naşri muxbirlari örtasida yuzaga kelgan vaziyatni batafsil muhokama qilgan edik.
Uşbu holatda qonuniy tomondan qöşimça qiladigan yana bir muhim jihat bor. Keça aytişni unutibmiz.
Demak, Toşkent şahar hokimligi eʼlon qilgan videoda A.Vahobov aytadiki, 6 oy oldin Kun.uz muxbiri Sobir Rahimov haykali röparasidagi 1 gektar böş turgan yerning yarmiga mehmonxona quriş, yarmini sotiş uçun olmoqçi ekanligini aytib, şu joyni olişda yordam bersa, tuman hokimi örinbosarini ham quruq qöymayman, deya juda yuqori summani vaʼda qilgan.
Keling, şu joyda zamhokimning gapiga işonamiz. Yaʼni uning gapini haqiqat, deb qabul qilamiz.
Endi şu joyiga savol: unda nima uçun zamhokim uşbu korrupsiya holati haqida darrov öz rahbariga yoki tegişli idoralarga xabar bermadi? Axir u qonun böyiça xabar berişga majbur ediku!
Bilmaganlarga eslataman, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunda şunday modda bor:
«26-modda. Davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari töğrisida xabar qiliş majburiyati
Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etişga köndiriş maqsadida biror-bir şaxs özlariga murojaat etganligiga doir barça hollar töğrisida, şuningdek davlat organlarining boşqa xodimlari tomonidan sodir etilgan şunga öxşaş huquqbuzarliklarning özlariga maʼlum bölib qolgan har qanday faktlari haqida öz rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvçi organlarni xabardor etişi şart.
Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab böladi».
Bu qonun! Demak, nafaqat röy bergan korrupsiya holatini, balki pora beriş haqidagi har qanday taklifni yaşirgan har bir davlat organlari xodimi uşbu qonunni buzgan hisoblanadi. Va bu javobgarlikka sabab bölişi belgilangan.
Xuddi şunday qoida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari xodimlarining odob-ahloq qoidasi 9-bandida ham bor.
Agar intervyuda aytilgan gaplar rost bölsa, unda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi zudlikda tuman hokimi örinbosari A.Vahobov masalasi bilan şuğullanişi kerak.
Nima uçun juda katta summadagi pora haqida berilgan taklifni berkitdi? Nima uçun 6 oy davomida bu haqida heç kimga xabar bermadi? Bundan uning nima manfaati bor edi? Axir respublikada korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ayovsiz jang ketayotgan bir paytda, uning bunday qonunga qarşi harakatini qanday tuşuniş mumkin?
Yoki intervyudagi gaplar yolğonmidi? Aslida bunaqa voqea bölmaganmidi? A, labbay?
Olmazor tumani hokimi örinbosari böyiça qonun nuqtai nazaridan ikkita xulosa bor:
Birinçisi, uning intervyuda aytgan gaplari rost. Demak, u «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunning 26-moddasini buzgan holda, katta miqdorda pora berişga oid taklifni 6 oy barçadan yaşirib yurgan.
Ikkinçisi, uning intervyuda aytgan gaplari yolğon. Demak, u jurnalistni oğir jinoyat sodir etişda ayblab, tuhmat qilgan va qonunni buzgan.
Unisida ham, bunisida ham qonunbuziliş holati bor, menimça.
Bu ikki variantdan qaysi biri haqiqatligini belgilaş esa mening vakolatimga kirmaydi. Bunisini tegişli idoralar hal qiladi. Men şunçaki huquqiy tomondan izohladim xolos.
👉 @xushnudbek 👈
