Turkolog olim Andrey Kubatin töliq oqlandi
Turkolog olim Andrey Kubatin töliq oqlandi va sud zalidan ozod etildi
26-sentabr kuni Toşkent viloyati sudida özbekistonlik tarixçi olim, turkologiya mutaxassisi Andrey Kubatinning işi körib çiqildi va olim töliq oqlanib, sud zalidan ozod etildi. Bu maʼlumotni Andrey Kubatinning rafiqasi Feruza Jumaniyozova feysbukdagi sahifasida maʼlum qilgan, deya xabar bermoqda Kun.uz.
Toşkent davlat şarqşunoslik institutining katta öqituvçisi bölib işlagan uşbu yoş olim 2017-yili Jinoyat kodeksining 157-moddasida («davlatga xoinlik qiliş») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib hibsga olingandi.
Öşa yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi. Unga nisbatan eʼlon qilingan sud hukmida u çet el fuqarosiga (Turkiya) maʼlum miqdordagi pul evaziga göyoki Özbekiston Davlat arxivi va Şarqşunoslik institutida saqlangan elektron kitoblarni, davlat siri aks etgan hujjatlarni berib yuborgani aytilgandi.
Özbekistonlik va xorijlik olimlar, huquqşunoslar, Kubatinning yaqinlari va hamkasblari tomonidan aytilgan köplab eʼtirozlar, turli instansiyalarga yöllangan murojaatlardan söng iş qayta körib çiqildi.
Natijada Andrey Kubatin aybsiz ekanligi eʼtirof etildi va u JPKning 83-moddasi böyiça («Reabilitatsiya uçun asoslar») sud zalidan ozod qilindi.
Kubatinning oqlanişi yaxşi signal va mazkur qarordan juda xursandman. Haqiqat qaror topib, aybsiz olimning ozodlikka çiqqani va töliq oqlangani quvonçli voqea. Kubatin va uning oilasini uşbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman, ilohim, eng yomon körgan kuni şu bölsin, barçasi ortda qolgani rost bölsin.
Barça begunoh qamalganlarning muşkuli oson bölişiga tilakdoşman. Heç kimning boşiga tuşmasin.
👉 @xushnudbek 👈
