Yöl harakati qoidalariga özgarişlar bugundan kuçga kirdi

Matn10-aprel, 2019, 21:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yöl harakati qoidalariga özgarişlar bugundan kuçga kiradi

Bu haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori Lex.uz portalida rasman eʼlon qilindi (pastdagi fayldan yuklab olişingiz mumkin).

Qarorning özida kuçga kiriş sanasi körsatilmagan. «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 30-moddasiga binoan, normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning özida keçroq muddat körsatilgan bölmasa, ular rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Demak, uşbu özgarişlar bugundan kuçga kirib böldi. Misol uçun, ertaga kunduz kuni çiroq yoqib yurmasangiz, sizga jarima solişlari mumkin. Zör-a!

Nimasi zör?! Juda yomon bu.

Kiritilgan özgarişlarga sira qarşiligim yöq, masalan, haydovçi sifatida “çap qöl qoidasi”ni qöllab-quvvatlayman ham.

Lekin baraka topgurlar, bunaqa özgarişlar qanaqasiga heç kim xabardor bölmagan bir paytda qabul qilinişi va öşa zahoti kuçga kirişi mumkin? Qanaqasiga?! Içki işlar vazirligidagilar nimani öylagan özi?

Birinçidan, biror joyda mazkur qaror loyihasi muhokama bölganini, haydovçilarning fikrlari eşitilganini körmadim (balki bölgandir). Osmondan tuşganday, “tap” etib eʼlon qilindi.

Ikkinçidan va eng asosiysini sal yuqorida ham yozgandim. Bunday özgarişlar heç bölmaganda 1 oy, ana boring, juda imkoni bölmay qolganda kelgusi oyning 1-sanasidan (masalan, 1-maydan) kuçga kirişi kerak.

OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa TVda keng yoritilişi kerak. Odamlar bilsin, nima özgaryapti, qaçondan özgaryapti, endi nima qilişi kerak.

Masalan, oddiy mantiq bilan tasavvur qiling, bu özgarişlarni öqigan va undan xabardor inson sifatida ertaga ertalab aylana böylab harakatlanayotib, «qonun böyiça menda ustunlik borku» deya qörqmasdan öng tomondagilarga yöl bermay yura olamanmi? Yöq, albatta. Çunki, Xudo biladi, «krug»ga kirib kelayotgan haydovçi internetga kirganmi, yöqmi? Özgarişlardan xabardormi, yöqmi? Jonimni xatarga qöyişga arzimaydi, albatta.

Xullas, yaqin örtada bunaqasiga sira guvoh bölmagandim. Içki işlar vazirligiga tasanno!

Hurmatli, haydovçilar!

Mayli, masʼullar nimani öylagan bölsa, öylagandir. Lekin bizning qiladigan işimiz, qonunçilikdagi uşbu yangiliklar haqida yaqinlarimizga, döstu birodarlarimizga yetkaziş bölsin, iltimos.

Va asosiysi yöllarda huşyor böling, özgarişlarga barça könikib olgungaça biroz vaqt talab etiladi, şu vaqt içida özingizni ehtiyot qiling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek