Yöl harakati qoidalaridagi özgarişlar böyiça eʼtirozlar

Matn10-aprel, 2019, 18:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Lekin bitta joyida eʼtirozim bor.

Bu özgarişlar qaçondan kuçga kiradi, Adliya xabarida şunisiga aniqlik kiritilmabdi. Özimiz körvolaylik, desak, buning ham iloji yöq. Qarorning rasmiy matni hali Lex.uz'ga joylanmagan.

Agar yuqoridagi özgarişlar qaror eʼlon qilingan kunning özidan, masalan, ertadan kuçga kiradi deyilgan bölsa, unda katta eʼtirozim Içki işlar vazirligiga. Çunki bunaqangi özgarişlar kamida 2-3 oy oldin eʼlon qilinişi va aholi örtasida keng tarğibot qilib, tuşuntirişlar berilişi kerak. Yöqsa, baxtsiz hodisalar köpayadi, «krug»lar avariyaga tölib ketişi mumkin (unday bölmasligidan umidvormiz).

Agar Qarorda yuqoridagi özgarişlar maʼlum vaqtdan keyin kuçga kirişi yozilgan bölsa, unda eʼtirozim Adliya vazirligiga. Bunaqa xabarlarni töliq va batafsil çiqariş kerak, yöqsa aholi örtasida tuşunmovçilik va vahima paydo böladi.

Mayli, kutaylikçi, tez orada aniqlik kiritilib qolar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing