Adliya vazirligi Munosabat ko'rsatuvidagi bahslarga munosabat bildirdi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganAdliya vazirligining «Munosabat»ga munosabati
Adliya vazirligining rasmiy saytida kuni keça deputatlarning benefisiga aylangan «Munosabat» telekörsatuvidagi kunduz kuni çiroq yoqib yurişga oid muhokama böyiça vazirlikning rasmiy munosabati eʼlon qilindi.
«Adliya vazirligi barça avtomototransport vositalari çiroqlarini yoqib harakatlanişining töğri yoki notöğri ekanligini muhokama qiliş niyatida emas, bu masalani professional tahlil qiladigan mutaxassislar vazirlikda mavjud emas. Mazkur soha böyiça qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan maxsus organlar mavjud», - deyiladi xabarda.
Munosabatni töliq keltirib ötirmayman, uni quyidagi havola orqali öqib olişingiz mumkin.
Lekin Adliya xabarining quyidagi joyi qiziq:
«Eng asosiysi, deputatlar tomonidan 2016-yilda Hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi ASLIDA Hukumat tomonidan emas, balki bevosita Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan taşabbus sifatida parlamentga kiritilgan.
Bunga asos qilib, öşa paytda Yöl harakati qoidalarining yangi tahriri tasdiqlanganligi, şu munosabat bilan Maʼmuriy javobgarlik kodeksi normalarini mos ravişda tahrir qilinayotganligi taşabbuskor deputatlar tomonidan asos qilib körsatilgan.
Şunday ekan, 2016-yilda qonun loyihasi körib çiqilayotganda Hukumat “boşqa gapni gapirgan” degan vajlar, uning natijasida ommaviy axborot vositalarida notöğri talqin qilingani hurmatli deputatlarning aniq maʼlumotlarga ega emasliklari natijasida yuzaga kelgan», - deydi Adliya.
XULLAS, qonun çiqaruvçi hokimiyat ijro hokimiyatiga, ijro hokimiyati esa qonun çiqaruvçi hokimiyatga eʼtiroz bildirişi öta normal holat, bu hokimiyatlarning özaro tiyib turilişi deyiladi. Lekin bu "aytişuvlardan" xalqqa nima foyda, şunisi maʼlum emas.
ENG ASOSIYSI: nima uçun bu özgarişlarni hayotga tatbiq etişga maʼlum muddat (1-2 yil tugul, hatto 1-2 oy ham) berilmadi, nima uçun tomdan taraşa tuşganday yangi qoidalar xalq uçun kutilmagan holatda darrov kuçga kirdi, şu savollarga haligaça ijro hokimiyat vakillari biror tayinli izoh berişmadi. Muammoning asosiy negizi şu yerda aslida.
👉 @xushnudbek 👈

