OTMlarga hujjat topşiriş tartibi özgarişi mumkin

Matn28-may, 2019, 11:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ Barça OTMlarda ham hujjatlar davlat xizmatlari markazi va portal orqali qabul qilinmas emiş

Joriy yilda barça OTMlarda hujjatlar davlat xizmatlari markazi hamda Yagona portal orqali bölişi, endilikda abituriyentlar OTMga borişi şart emasligi, öz tumanida ham hujjat topşira olişi haqida köp bora taʼkidlangan edi. Buni DTM ham, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi ham, Davlat xizmatlari agentligi ham aytgandi.

Lekin aytişlariça, bugungi kunga kelib vaziyat özgargan. Yana ham aniqroği testga oid qaror sönggi lahzalarda loyihadagidan biroz farqliroq bölib qabul qilingan.

Yaʼni qarorga muvofiq, faqat Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat OTMlaridagina hujjatlar DXM yoki Yagona portal orqali qabul qilinişi nazarda tutilgan.

Hozirça tasdiqlanmagan maʼlumotlarga köra, Davlat qabul komissiya barmoq bilan sanarli OTMlarnigina röyxatga kiritayotgan ekan. Bu degani sanoqli OTMlarni hisobga olmaganda, barça joyda yana ötgan yillardagidek hujjatlar OTMlarning özida qabul qilinadi.

Davlat xizmatlari markazi katta hajmni eplay olmaydi, degan xulosaga kelingan şekilli.

Şu örinda köplab savollar paydo böladi:

• Agar abituriyent tanlamoqçi bölgan 3 ta OTM ham maxsus röyxatda bölmasa, unda uçala OTMga borib hujjat topşirib çiqiş kerakmi?
• OTMlarda hujjat qabul qilinganda rasm, konvert, skorosşivatel papka söraşmaydimi?
• Hujjatlarni avvalgi yillardagidek olib qolişadimi yoki qaytarib berişadimi?
• Röyxatda yöq OTMlar uçun onlayn hujjat topşiriş mumkin böladimi?

Xullas, bunaqa savollar köp, lekin hozirça javob yöq. Masʼul taşkilotlar faqat «kutib turing, tez orada hujjat qabul qilinadi, keyin maʼlum böladi» deyişdan nariga ötmayapti. Qabulgaça atigi yarim oy vaqt qoldi, lekin deyarli heç narsa aniq emas.

Nima ham qilardik, kutamiz, kutasiz, kutişadi. Boşqa iloj qança...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek