Ikkinçi va uçinçi yönalişda super-kontrakt tartibi

Matn26-sentabr, 2019, 20:012 daqiqa0 koʻrish

Ikkinçi va uçinçi yönalişda super-kontraktga kiriş tartibi qanday?

Kuni keça super-kontrakt böyiça Davlat qabul komissiyasining qarori qabul qilindi. Uşbu qaror eʼlon qilingaç, joylarda turli tuşunmovçiliklar kelib çiqdi.

Jumladan, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining xabarida «birinçi bakalavriat taʼlim yönalişida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga köra, abituriyentlarning töplagan balini asos sifatida qabul qilib» degan jumla bor edi.

Mazkur jumlani köpçilik notöğri talqin qilmoqda. Yaʼni ayrim OTMlar uşbu jumlani «birinçi yönalişdagi ötiş ballaridagi tafovut asosida» deya notöğri tuşunmoqda.

Bu nima degani?

Masalan, öqişga kiriş uçun birinçi yönalişga 10 ball yetmadi. Ikkinçi yönalişga 3 ball, uçinçisiga esa 1 ball yetmadi. Mana şunaqa holatda abituriyent ikkinçi yoki uçinçi yönalişni tanalasa, garçi u 4 ballik zonada bölsa ham, lekin birinçi yönalişga 10 ball yetmagani uçun super-kontraktni 10, 15, 20, 25 barobar tölaşi kerak, degan miş-mişlar çiqdi.

Aslida bu şunçaki miş-miş. Tegişli mutasaddilar bilan boğlanib, uşbu vaziyatga yana bir bor oydinlik kiritdim. Davlat qabul komissiyasi qarorida ötiş ballari haqida heç narsa deyilmagan, faqat töplagan bali haqida gap ketmoqda.

Yaʼni yuqoridagi misol böyiça oladigan bölsak, abituriyent ikkinçi yönalişni tanlasa, 3 ball yetmay qolgani uçun 2,5 barobar super-kontrakt tölaydi. Agar uçinçi yönalişni tanlasa, 1 ball yetmay qolgani uçun 1,5 barobar super-kontrakt tölaydi.

Qiziq, qarorda nima uçun aynan birinçi yönalişdagi töplagan bali deyilgan, buni şunçaki umumiy qilib «abituriyentning töplagan bali» desa bölmasmidi?

Sababi şundaki, amaldagi tartib böyiça abituriyent uçala yönalişdan ham yiqilsa, uning ballari birinçi yönalişda eʼlon qilinadi. Yaʼni uçala yönalişdan ham yiqilgan abituriyent ikkinçi yönalişdagi OTMga borsa, ularning qölidagi rasman tasdiqlangan qoğoz variantda öşa abituriyentning töplagan ballari eʼlon qilinmagan böladi. Garçi DTMning saytidan bemalol tekşirib oliş mumkin bölsa ham, ayrim OTMlarda «qoğozda yöqsan, demak mumkinmas», deya muammo qiliş ehtimoli bor edi. Şu sababli ham qarorda «birinçi yönalişda eʼlon qilingan bali asosida» deya qöşib ketilgan.

Ammo bu zinhor birinçi yönalişga neça ball yetmagan bölsa, ikkinçi va uçinçi yönalişda ham şunça barobar super-kontrakt tölaydi, degani emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing