5 ta fandan test topşiriş tartibi loyihasi eʼlon qilindi
Kelgusi yil 5 ta fandan test topşiriş qanday böladi?
Davlat test markazi kelgusi yilgi kiriş imtihonlarida 5 ta fandan test topşirişga oid loyihani muhokama uçun eʼlon qildi.
Unga köra, tartib quyidagiça bölişi rejalaştirilmoqda:
Majburiy fanlar:
Ona tili - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Özbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 94.5 ball.
Taʼlim yönalişiga mos fanlar:
1-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan.
Jami töplaş mumkin bölgan ball – 186 ball.
Majburiy fanlar böyiça abituriyentlarga beriladigan savollar birinçi murakkablik darajasidagi savollar bölib (yaʼni eng oson savollar), ularga javob uçun - ona tili va Özbekiston tarixi fanlaridan 1 daqiqagaça, matematika fanidan - 1,5 daqiqagaça vaqt ajratilişi möljallangan.
Test topşiriqlariga javob beriş hamda javoblarni javoblar varaqasiga köçiriş bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilişi taklif etilmoqda. Şunda asosiy blokdagi 2 ta fan uçun jami 2 soat vaqt beriladi.
Davlat test markazi uşbu loyiha böyiça fikr-mulohazalar va takliflarni @dtmga_murojaat_bot orqali yuborişni söramoqda.
👉 @xushnudbek 👈

