Keyingi yilgi test sinovlari uçun darsliklar röyxati eʼlon qilindi

Matn9-dekabr, 2020, 18:162 daqiqa0 koʻrish

Keyingi yilda test sinovlarida tuşadigan savollar qaysi darsliklardan olinişi eʼlon qilindi

Kuni-keça imtihonlar haqida maʼlumot bera turib, keyingi yil test sinovlarida foydalaniladigan darsliklar röyxati va qaysi yönalişga qaysi fandan test olinişi haligaça maʼlum emasligi haqida yozgandim.

Bugun Davlat test markazi 2020-2021-öquv yilida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qöllanilayotgan darslik va öquv-metodik qöllanmalar röyxatini eʼlon qildi.

Uşbu adabiyotlar röyxati DTMning Xalq taʼlimi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida şakllantirilgan.

Darsliklar röyxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegişli fan va tilni tanlagan holda olişingiz mumkin.

❗️Endi yana bir asosiy masala, qaysi yönalişga qaysi fandan imtihon bölişini eʼlon qiliş qoldi. Albatta aytişingiz mumkin, ötgan yilgilardan foydalansa böladi, borku, deb. Töğri, bor. Lekin har yili qaysidir yönalişda fanlar majmuasi özgarib qoladi. Bu odatga aylangan. Uşbu özgariş esa testga nari borsa 1-2 oy qolganda maʼlum böladi. Natijada boşqa fanga köproq urğuni qaratgan abituriyentlar boşini çangallagança, arostda qolişadi.

Özi har doim taʼkidlaydigan fikrimni yana bir marta qaytarmoqçiman: bizda kiriş imtihonlari öta keng miqyosda markazlaşgan holda olinar ekan, demak, öyin qoidalarini oldindan aniq belgilaş kerak. Ayniqsa kiriş imtihonlari bilan boğliq taşkiliy jarayonlarning aniq muddatini Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlaş kerak. Masalan, falon muddatgaça adabiyotlar röyxati eʼlon qilinadi, falon muddatgaça kvotalar belgilanadi, falon muddatgaça yönalişlar kesimida fanlar majmuasi tasdiqlanadi va h.k. Yöqsa har yili bu kabi öta muhim masalalar pala-partiş, taqalib, keçikib eʼlon qilinadi.

Qaçondir bunga çek qöyilişi kerakku axir.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing