INPS va INN raqamlarini internetdan qanday biliş mumkin
INPS va INN raqamlarini internetdan qanday biliş mumkin?
Işga kirganlar yoki kirayotganlardan buxgalteriyadagilar doim söraydigan 3 ta hujjat bor: pasport nusxasi, jamğarib boriladigan pensiya daftarçasidan (INPS) nusxa va soliq tölovçining identifikatsiya raqami (STIR yoki INN) nusxasi.
Köpçilik bunday hujjatlar söralganda qayerdan olsam ekan, deb boşi qotadi. Şu sababli, quyidagi maslahatlarning Sizlarga foydasi tegadi degan umiddaman.
INPS
Jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağining raqamini biliş juda oson. Har bir fuqaroning şaxsiy identifikatsiya raqami (PIN FL) böladi. Bu raqam pasportlarimizda yozilgan. Va eng muhimi PIN FL raqami pasportlarni almaştirgan paytingiz ham özgarmaydi.
Mana şu PIN FL raqami ayni paytda Sizning INPS raqamingiz böladi. Yaʼni jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağingiz raqamini pasportingizga qarab ham bemalol bilib olişingiz mumkin (suratga qarang).
Agar mabodo hali Sizda INPS oçilmagan bölsa, unda buni internet orqali ham qilsa böladi, albatta «Xalq banki» filiallariga boriş şart emas.
Buni my.gov.uz/uz/open-inps manzili orqali amalga oşiriş mumkin. Eng muhimi buning uçun elektron imzo talab etilmaydi.
STIR (INN)
STIR raqamini aniqlaş ança oson. Elektron soliq xizmatlari - my.soliq.uz portalida «STIRingizni aniqlang» degan bölim bor. Öşa yerda pasport maʼlumotlari va tuğilgan yilingizni kiritib, osongina STIRni hujjat körinişida oliş mumkin.
Agar hali Sizga STIR oçilmagan bölsa, unda mana bu havola orqali soliq tölovçilarni hisobga qöyiş töğrisida ariza yuborişingiz mumkin.
Bundan taşqari STIR raqamingizni bilib oliş yoki yangi hisobga qöyiş töğrisida ariza yuborişni Telegram'dagi @mysoliqofficialbot rasmiy boti orqali amalga oşirişingiz mumkin.
Bor gap şu. Zamonaviy texnologiyalar fuqarolarga yengillik yaratiş maqsadida yaratilgan va bundan barçamiz unumli foydalanişimiz kerak.
Uşbu maslahatlar Siz uçun yangilik böldimi?
👍 - ha, yangilik böldi
👎 - yöq, ilgari ham bilardim
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


