Ziyouz.uz portali 15 yoşga töldi

Matn9-aprel, 2019, 19:323 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Ziyo istagan qalblar uçun

Bugun yana bir muhim sana bölgan ekan - ziyouz.uz portali işga tuşganiga 15 yil tölibdi. Internetning özbek segmenti uçun hozirça tengi yöq ziyo manbasi bölib turgan uşbu portal asosçisi Davronbek Tojialiyev bu haqida @ziyouzcom kanalida quyidagilarni yozib qoldirdi:

«Bundan ropa-rosa 15 yil avval, 2004-yil 9-aprel kuni döstim Otabek Nuritdinov xonadonida Ziyouz.com portali ilk bor dunyo yuzini kördi. Öşanda saytda 20 ta maqola mavjud edi. Sayt html da yozilgan, öşa paytdagi internet tezligi (31 kbit/s) bilan uni joylaşga 1 soatça ketgandi. Ilk bor ziyouz portali ziyo-uz.land.ru manzili ostida faoliyat olib borgan. Yarim yil içida saytdagi maqolalar soni 300 taga yetgan.

Öşanda mening kompyuterim ham yöq edi. Kompyuteri, ayniqsa noutbuki böliş katta obrö sanalardi. Işxonadagi kompyuterdan saytni tayyorlab, disketaga (floppy disk, 1,44 Mb) köçirib, internet kafega olib borib, öşa yerdan joylardim. U paytlar hali ADSL ham yöq, 31 kbit/s tezlikka ega Dialup internet kafedagi 6 ta kompyuterga bölinardi. Internet ham juda qimmat. Soati 2000 söm. Özim öşanda 4000 söm stipendiya olardim.

2005-yili grant asosida jurnalistikadan malaka oşiriş uçun Polşada böldim. Eng yaxşi qatnaşgan iştirokçi sifatida noutbuk sovğa qilişdi. Juda xursand böldim. Bu Wi-Fi adapter ulangan ilk noutbuklardan biri edi. Navoiy köçaga (öşa paytlar elektronika tovarlari yarmarkasi şu köçada bölardi) nimadir oliş uçun borganimda öşa noutbukni kösatganimda 2800$ ga baholaşgan edi. Öşa paytlari bu pulga yana ozgina qöşilsa, kvartira berardi. Sotmadim.

Şu yili propiska muddati (universitetdan 4 yilga propiska qilib berardi) tugagani uçun gazetadagi işimdan ayrildim. Magistraturaga kirdim. Yarim yilça işsiz qoldim. şunda noutbuk iş berdi. Şu orqali ozroq tirikçilik qilib, ham saytni yuritib turdim.

Keyin telefoni bor ijara-kvartiraga köçib ötdim. Uydan internetga ulanib, sayt işlarini bajara boşladim. Avvaliga internet işlay boşlagan payt telefon liniyasi band bölar va telefon ham pul yozardi. Keyin Callback xizmati çiqdi. Unda internet provayderi sizga qönğiroq qilib, internet ulanardi.

Ziyouz.com kutubxonasidagi baʼzi kitoblarni kiritişga 1 kunlab vaqt ketgan. Internet tezligi bu paytda 56 kbit/s ga yetgan, 20-30 Mb kitobni yuklaş uçun keçqurun upload ga qöyar, keçasi telefon uzilib qolmasa, saxargaça yuklaş tugardi. Agar texnik nosozlik (telefon köp uzilib qolardi) bölsa, yana qayta yuklaşga töğri kelardi.

2005-yilda saytda forum (uşbu forum özbek tilidagi ilk forumlardan biri edi) işlay boşladi. «Yangiliklar», «Islom», «Iqtisod», «Siyosat», «Maʼrifat», «Ajoyibotlar» bölimlarida 1000 ga yaqin maqola jamlandi. 2006-yil, 25-yanvar kuni «Xalq sözi» gazetasida çop etilgan «Ayb faqat yoşlardami?» maqolasida saytimiz haqida iliq fikrlar bildirildi. Uşbu maqola portalimiz haqida rasmiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan ilk xabar edi.

2006-yil, 12-iyun kuni Ziyouz portali rasman «mustaqillikka erişdi». Turli bepul, lekin xarxaşali xostinglardan qoçib, mustaqil ravişda www.ziyouz.com nomi ostida yangidan faoliyat boşlandi. Dastlab ruweb.net'dan olingan xosting 50 Mb hajmda edi. Oyiga 1000 Mb trafik berilardi. Bu trafik esa oyning 10-15 kunida tugab qolar, qolgan kunlari sayt işlamay turardi. Kitoblar boşqa bepul serverga joylanardi. Keyinçalik xostingni bir neça marta özgartirdim...

Öşa paytlar internetda özbek tilidagi manbalar barmoq bilan sanarli edi.

====

Hozirda Ziyouz portali hajmi 200 Gb, unda 28000 maqola, 11500 ta elektron kitob mavjud. Ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvçilarimiz soni 50000 dan oşdi. 2018-yilda Ziyouz portaliga kirganlar soni 5 552 961 ni taşkil etdi (kuniga örtaça 15313 kişi)».

P.S.: Men uçun ham qadrdon bölgan uşbu maskan faoliyatiga zafarlar tilayman! Davronbek Tojialiyev şunça mehnatni beminnat, heç bir moddiy manfaatsiz amalga oşirayotgani har qança maqtovlarga arziydi. Bunday fidoyi insonlarni qadrlaşimiz, qöllab-quvvatlaşimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek