Yöl harakati qoidalariga yangi özgartirişlar kiritildi
Kunduz kuni transport vositalari çiroqlarni yoqib harakatlanişi şartligi belgilandi
Yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritiş töğrisidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining @huquqiyaxborot kanali xabar bermoqda.
Özgartirişlarga muvofiq:
👉 svetoforning taqiqlovçi işorasida töxtaş çiziği oldida töxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi töxtaş çiziği ustiga çiqib ketmasligi kerak;
👉 Toşkent şahar va viloyat hokimlari ayrim yöl uçastkalarida harakat tezligini (tegişli yöl belgilarini örnatiş) pasaytirişga vakolatli;
👉 aholi punktlarida ikkita harakat bölagi bölgan va örtada tramvay izi bölmagan bir tomonlama harakatli yöllarda töxtaşga ruxsat etiladi;
👉 aylanma harakat çorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;
👉 kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi çiroqlarni yoqib harakatlanişi şart;
👉 quriliş materiallari, qişloq xöjaligi mahsulotlari, oziq ovqat va şu kabi tökiluvçi tovarlarini taşişda yuk majburiy tartibda brezent yoki boşqa qalin material yopilgan bölişi kerak;
👉 velosiped va moped haydaşda rulni uşlamasdan yoki bir qölda uşlab harakatlaniş taqiqlanadi.
Bundan taşqari özgartirişlar bilan 28 ta yangi yöl belgilari kiritildi.
Qizil çiroqda öngga harakatlaniş, radar, piyoda va velosipedçilar uçun taşkil etilgan yölak kabi belgilar şular jumlasidandir.
Özgartirişlar haqida qöşimça maʼlumot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


