Kunduzi çiroq yoqib yuriş talabi ikki yilga uzaytirildi
⚡️ MUHIM XABAR!!!
«Fara»larni yoqib yuriş böyiça talab ikki yilga uzaytirildi
Maʼlumki, Hukumatning 9-apreldagi qarori bilan barça transport vositalariga çiroqlarni kunduzi yoqib yuriş böyiça talab qöyilgan edi.
Tartib joriy etilgandan söng ötgan davr davomida Içki işlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda uşbu tartib tahlil qilindi hamda tegişli loyiha may oyining boşida Hukumatga kiritilgan. Bu haqda, «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qabul qilingan Hukumat qaroriga (460-son, 04.06.2019 y.) muvofiq «faralar» böyiça qatʼiy talab haydovçilarga emas, işlab çiqaruvçilarga qöyiladi.
Yaʼni qarorga köra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi çiroqlarni yoqib harakatlaniş şartligi töğrisidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvçi kunduzgi çiroqlari bor maşinalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Şuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boşlab içki bozor uçun işlab çiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yoruğ vaqtida avtomatik yonadigan çiroqlar örnatiş majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham şunday avtomatik yonadigan çiroqlari bölmasa, mamlakat içkarisiga olib kirilişiga ruxsat berilmaydi.
Bundan taşqari, Hukumat topşiriğiga asosan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ham taşqi yoritiş asboblaridan foydalaniş qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 söm) kamaytirişga oid tegişli Qonun loyihasi işlab çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
