Jarima tölanmagani uçun maşina jarima maydoniga qöyiladimi

Matn30-dekabr, 2020, 14:541 daqiqa0 koʻrish

Jarima tölanmagani uçun maşina “ştrafnoy”ga qöyilişi töğrimi?

Köpçilik savol bermoqda: avval sodir etgan huquqbuzarligim uçun jarima tölamagan bölsam maşinam jarima maydoniga qöyiladimi, deb.

MJtKning 291-moddasiga köra, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima soliş haqida qaror çiqqan kundan boşlab 60 kun içida jarima tölanmasa, transport vositasi jarima soliş töğrisida qaror çiqargan vakolatli organ rahbarining yozma körsatmasiga binoan jarima soliş töğrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan iş yuritiş tugaguniga qadar uşlab turiladi.

▶️ Bundan şuni tuşuniş mumkinki, bu holatda maşinangizni jarima maydonçasiga qöyiş uçun 2 ta asos bölişi kerak:

1️⃣ jarima soliş haqida qaror çiqarilgan kundan eʼtiboran 60 kun içida jarimani tölamagan bölişingiz;

2️⃣ transport vositasiga jarima soliş töğrisida qaror çiqargan organ rahbarining yozma körsatmasi.

YPX xodimi qölida sizga jarima solgan organ rahbarining yozma buyruğisiz, şunçaki elektron bazadan tekşirib, qarzingiz bor, deb maşinani jarima maydonçasiga olib ketişga haqli emas.

Agar yuqoridagi 2 ta asos bölsa, ha, unda maşinangizni jarima maydonçasiga olib ketişga haqqi bor.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek